So’nggi yangiliklar

21:40Эксперт фикри. Мурод Исмоилов: "Нефтчи" чемпионликка катта қадам ташлади, "Насаф" осонликча таслим бўлмаса керак"  1 21:10Суперлига. "Динамо" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  38 21:08Про лига. Далер Тухсановнинг дубли "Олимпик-MobiUz"га "ФарДУ" устидан ғалабани тақдим этди  0 21:05Суперлига. "Насаф" мавсумдаги илк мағлубиятини Фарғонада қабул қилиб олди  160 20:35Расман: Бакаев "Бухоро"дан кетди  9 20:17"Тракторсози" — "Истиқлол". Эрон Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 19:46"Тоттенхэм" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олиши мумкин  0 19:18Португалия клублари Ойбек Бозоровни кузатиб бормоқда  6 18:35U-21 биринчилиги. Сардор Мирзаевнинг голи эвазига ОКМК ёшлари "Пахтакор"ни мағлуб қилди, "Қўқон-1912"дан суперкамбэк ва бошқа натижалар  1 17:35"Динамо" 15 йилдан буён Самарқандда "Пахтакор"ни юта олмаяпти  13 17:13Биринчи лигада иккинчи давра старт олди: "Жиззах ФА"дан илк ғалаба, "Цементчи"дан 11:0 ва бошқа натижалар  2 16:52"Бугун Ўзбекистон чемпионатида қизиқарли кун". Боян Миладинович Самарқанд ва Фарғонадаги ўйинлар олдидан нималар деди?  3 16:37"Реал" Камавинганинг жароҳати ҳақида маълумот берди  2 16:11Ўзбекистонлик ҳужумчи Ироқ чемпионатида ўйнайдиган бўлди  6 15:50Расман: Ўзбек телеканаллари Ла Лига, А Серия ва Англия Кубогини намойиш этади  23

Toshkent viloyati derbisi: "Metallurg" - AGMK (prevyu) Yangiliklar

Toshkent viloyati derbisi: "Metallurg" - AGMK (prevyu)

Teglar :  MetallurgAGMK
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi bugun Superliganing ikkinchi davrasiga kirishadi.

Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ladigan jamoamiz kecha o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi.

Yangi kelib qo'shilgan futbolchilar allaqachon jamoaning ichki muhitiga moslashib ketishgan. Baydullaev, Grigalashvili, Kasminin va Zonich katta ishtiyoq bilan mashg'ulotlarda qatnashishmoqda. Qisqa qilib aytganda, "Metallurg"ga qarshi bahs oldidan jamoadagi kayfiyat joyida. Alo muhit hukmronlik qilmoqda.

AGMK tarkibiga yangi kelib qo'shilgan Erkin Baydullaev "Metallurg" bilan bo'ladigan uchrashuvda sariq kartochkaralari soni to'rtta bo'lgani, yani diskvalifikaciya tufayli ishtirok etolmaydi.

Andrey SHipilov boshchilik qilayotgan bekobodliklar o'tkazilgan oxirgi 6ta rasmiy uchrashuvlardan buyon g'alabasiz seriyani davom ettirmoqda. CHempionat doirasida esa "Metallurg" so'nggi bor o'z uyida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etishni uddalagandi. "Metallurg" chempionat doirasida Bekoboddagi so'nggi uchta bellashuvda ("Lokomotiv", "Bunyodkor", "Nasaf") raqib darvozasiga yo'l topishni ham uddalay olmayapti.



"Metallurg" tarkibi davralar oralig'ida deyarli o'zgarishsiz qoldi. SHipilov mavjud tarkib o'zagini saqlab qolishga erishdi.

Bu turdagi raqibimiz ayni paytda Superliga turnir jadvalida 14 ochko to'plagan holda 9-o'rinni egallab turibdi. Ehtimoliy g'alaba orqali AGMK mazkur tur yakunida "Metallurg"dan o'tib ketish imkoniyatiga ega.

Bugungi o'yinni SHavkat Nasibullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Joriy mavsum ushbu hakam jamoamiz ishtirokidagi bir uchrashuvda ishlashga ulgurgandi. Liga Kubogi doirasidagi "Bunyodkor"ga qarshi bellashuvda hakamlik qilgan Nasibullaev chempionat tarixida ilk bor AGMK ishtirokidagi uchrashuvda ishlaydi.

Toshkent viloyati derbisida jamoamiz sariq rangli libosda o'ynaydi. Maydon egalari esa oq-qora rangli liboslarda maydonga tushishadi.


O'zaro o'yinlar tarixi:
- Toshkent viloyati derbisida "Metallurg" va AGMK chempionat doirasida 23 marotaba to'qnash kelishgan. O'tkazilgan uchrashuvlarda 11 g'alaba AGMK hisobiga, 10 yutuq "Metallurg" nomiga yozilgan. Qolgan 2 bellashuvda esa g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati 43-45, AGMK foydasiga.

Bekobodda o'tgan barcha o'yinlar:
2008 yil: Metallurg – AGMK – 1:1
2009 yil: Metallurg – AGMK – 3:2
2010 yil: Metallurg – AGMK – 1:0
2011 yil: Metallurg – AGMK – 4:3
2012 yil: Metallurg – AGMK – 4:3
2013 yil: Metallurg – AGMK – 2:1
2014 yil: Metallurg – AGMK – 3:2
2015 yil: Metallurg – AGMK – 4:2
2016 yil: Metallurg – AGMK – 4:2
2017 yil: Metallurg – AGMK – 3:2
2018 yil: "Metallurg" - AGMK– 0:1


Superliga, 14-tur.
27 iyul, shanba.
“Metallurg” – AGMK (20:00, Sport kanali LIVE)
Hakamlar:
SHavkat Nasibullaev, Ravil SHoyaxmitov, Timur Galeev, I. Ismoilov.
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Zohir Akramxonov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика