Toshkent shahrida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan futbol festivali o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2018, 15:52
Barchamizga yaxshi ma'lumki, 1 iyunda “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” keng nishonlanadi.

Ushbu bayram kattalar uchun bolajonlarning orzularini ushaltirish, ular uchun qo'limizdan kelgan barcha yaxshiliklarni qilishimiz uchun keng imkoniyatdir.

Bu bayramda yurtimiz bo'ylab turli koncertlar, ekskursiyalar, turli musobaqalar tashkil qilinishi ananaga aylangan. Ushbu ananaga rioya qilgan holda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Toshkent shahrining “Bunyodkor” stadionida bolalar uchun katta futbol festivalini tashkil qildi. Festivalda umumtalim maktablarining 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan 100 dan ortiq o'g'il va qizlar ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi bolajonlarni futbolning sir-asrorlari bilan oz bo'lsada tanishtirish edi. Festivalga taklif qilingan murabbiylar bolalarni guruhlarga bo'lgan holda to'p bilan bajariladigan turli mashqlar hamda topshiriqlar berdilar. Bu mashqlarni a'lo darajada bajargan bolakaylar o'zlarini maydonda professional futbolchilardek his qildilar.


Maydonda to'p surish imkoniga ega bo'lgan bolajonlar har bir topshiriqni bajarib bo'lgach bir-birlarini zavqu-shavq olqishlab turdilar. Bu esa bugungi kunda yurtimizda futbol sportning eng ommabop turiga aylanganidan dalolat beradi. Darxaqiqat bugun tashkil etilgan futbol festivali buning yorqin misolidir.

Futbol festivalining so'ngida barcha ishtirokchilarga futbol to'plari sovg'a qilindi. Fursatdan foydalanib O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizdagi barcha bolajonlarni ushbu bayram bilan chin dildan muborakbod etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com