So’nggi yangiliklar

01:55ПСЖ финалда "Интер"га жавобсиз 5та гол урди ва ўз тарихида биринчи марта ЕЧЛ бош совринига эга чиқди  151 00:51Сарри Римга қайтишга яқин  2 00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  2 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  1 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  1 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  59 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  2 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  36 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0

Toshkent shahar futbol associaciyasidan O'zbekiston terma jamoalarining manfaati yo'lida tub burilish Yangiliklar

Toshkent shahar futbol associaciyasidan O'zbekiston terma jamoalarining manfaati yo'lida tub burilish

Toshkent shahar futbol Associaciyasining ish sifatini yanada oshirish yo'lida yangi loyihaga qo'l urildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5887-sonli farmoni asosida 2003 yildan 2008 yilgacha bo'lgan yosh toifalarining barchasiga bosh murabbiylar tayinlandi. Unga ko'ra poytaxtda faoliyat olib borayotgan klublarning o'z yosh toifalarida ishlayotgan eng yaxshi murabbiylar terma jamoalarga masul etib tayinlandilar. TFA Vice-prezidenti Alisher Polatov va Nodirxo'ja Yuldashev loyihasiga asosan, endi:


Toshkent shahrining 2003 - 2008 yillar terma jamoalari faqat bir yilda bir marotaba emas, har oyning uchinchi haftasida o'quv-yig'in mashg'ulotlari uchun yig'iladilar. Terma jamoa bosh murabbiylari kamida 50 nafarga yaqin futbolchilardan iborat kengaytirilgan tarkiblarni shakllantiradilar. Bosh murabbiy va katta murabbiy asosiy jamoa bilan ishlaydi. 2 nafar assistent esa o'sha yosh toifaning ikkinchi tarkibini bir vaqtda shug'ullantiradilar. Yangilik shundan iboratku, ikkinchi terma jamoaning negizi 1 avgustdan keyin tavallud topgan futbolchilar asosida tashkil qilinadi. Ularga faqatgina 3 nafar asosiy tarkibdan jarohati tufayli tushib qolgan yoki o'yinida o'sha davrga kelib pasayish kuzatilgan futbolchi qo'shilishi mumkin.


Yil boshida tavallud topgan bolalar bilan, yilning so'nggi 3-4 oyligida tavallud topgan futbolchi o'rtasida jismoniy holati bo'yicha tafovut katta bo'ladi. SHuning uchun bizning futbolda sentyabrdan keyin tavallud topgan top futbolchilar soni kam. Bu masalaga Evropa turli xil echimlar bilan kurashib boradi. Toshkent shahar FA birinchi marotaba shu loyiha orqali, jismoniy holati oqsayotgan, ammo texnika va istedodi bor futbolchilarni saqlab qolishni maqsad qildi.


Undan tashqari, Dilshod Nuraliev va Dmitriy Kim boshchiligida Toshkent terma jamoalarining o'yin uslubini yaratish bo'yicha kelishib olindi. Unga ko'ra Dilshod Nuraliev 2004, 2006, 2008 yillarga, Dmitriy Kim 2003, 2005 va 2007 yillar terma jamoalariga rahbarlik qiladi. Ikki murabbiy yil davomida, birgalikda, Toshkentdagi barcha murabbiylarni yagona o'yin uslubini yaratishi bo'yicha yo'llanma ishlab chiqishi lozim bo'ladi.



Toshkentda faoliyat olib borayotgan futbolchilar o'smirlar va yoshlar terma jamoalariga tushish uchun katta imkoniyatga ega bo'ladilar. Endi ular har oy davomida kuchli mutaxassislar qo'l ostida yig'ilib, terma jamoa ruhiyatini his qila boshlaydilar. Qolaversa, yig'inlar davomida Superligada faoliyat olib borayotgan futbolchilar mashg'ulotlarga taklif qilinadi.


Yana bir yangilik shundan iboratku, shahar chempionati endi mavsum boshlanganidan keyin bir oyda 3ta yakshanbani o'z ichiga oladi, to'rtinchi yakshanba TFA kuni (FIFA kuniga o'xshab) sifatida etirof etiladi va aynan shu haftada Toshkent terma jamoalari yig'iladilar. Terma jamoaga o'yinchisi chaqirilmagan jamoalar shu kuni qoldirilgan o'yinlarni yoki o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishlari mumkin bo'ladi.


Bundan buyon Toshkent shahar terma jamoasi safidan o'rin olish uchun top klub azosi bo'lish shart emas. Barcha futbolchilarda birdek imkoniyat bo'ladi, buning uchun mehnat qilinsa bo'lgani.


Murabbiylar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:



2003 - bosh murabbiy: Dmitriy Kim («CHig'atoy»), yordamchilar Dmitriy An va Alisher Bozorov. Toshkentda biron terma jamoaga murabbiylarimi tayinlash oson ish emas. Yaxshi saviyadagi murabbiylarimiz ko'p. Nima uchun 2003 yillarga Dmitriy Makarovichni qo'yildi? Odatda, bu yoshda «Paxtakor», «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalarining yaxshi o'yinchilari o'rinbosarlar safiga o'tib ketadilar. Ko'pincha O'zbekiston Kubogining eng katta yosh toifasida finalida imkoniyatni boy beramiz. Dmitriy Kim esa «CHig'atoy» bazasida 3 oy davomida har oy 5 kunlik yig'in tashkil qilgan holda qolgan o'yinchilardan chempion jamoa tuzishi kerak.


2004 yil terma jamoasini O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyiga ishondik. Bu borada Olim SHokirov bizni uyaltirmasligiga ishonamiz. CHunki mana 3 yildirki o'z yoshida tengsizligini isbotlab kelyapti.


Xuddi shunday 2005 yillar terma jamoasiga o'zgartirish kiritmadik. Nuraliev va Rahmatullaev tandemi so'nggi 2ta Respublika Kubogi g'olibi hisoblanadilar. 2006 yillar terma jamoasini 2019 yil chempion qilgan Jahongir Usmonov bu yil 2007 yillar bosh murabbiyi Aleksandr Xvostunovga yordam beradigan bo'ldi. Uning o'rniga «Spartak» jamoasidan, ko'p yillar davomida bolalar futbolida mehnat qilib kelayotgan Sergey Arslanovni bosh murabbiy sifatida tayinladik. Uning armiyasi juda kuchli, o'z davrining ikki mohir futbolchilari G'ulom Halimtoev va Leonid Koshelev. Ularga «Obod»dagi faoliyati bilan tanish Bobur Zuxritdinov yordam beradi.



2007 yillar terma jamoasiga Toshkentning eng yaxshi jamoasi «Bunyodkor» bosh murabbiyi Aleksandr Xvostunov tayinlandi. Unga Jahongir Usmonov, SHuhrat Bo'riev va «Lokomotiv»dan Sunnat Abdurasulovlar yordam beradilar.


2008 yillar o'tmishning eng yaxshi hujumchilaridan biri Zayniddin Tojievga ishonib topshirildi. Unga «Paxtakor» va «Lokomotiv»dan yordamchi murabbiylar tayinlandi. Yana bir yaxshi murabbiy, «Bunyodkor» ustozi ikki jamoa bilan ishlayotganligi sabab terma jamoaga jalb qilina olinmadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика