So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   29 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  4 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

Toshkent CAFA hakamlar seminariga mezbonlik qilmoqda Yangiliklar

Toshkent CAFA hakamlar seminariga mezbonlik qilmoqda

"King Plaza" mehmonxonasida hakamlar uchun seminar boshlandi.

Unda CAFA'ga azo mamlakatlardan 23 nafar hakam ishtirok etmoqda. 



Seminarni O'FA birinchi vice-prezidenti, CAFA hakamlar qo'mitasi raisi Ravshan Ermatov ochib berib, ishtirokchilarga bugungi kunda futbolga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi ortidan futbolning jadallik bilan rivojlanib borayotgani, muxlislarga yanada sifatli futbol taqdim etish imkoniyati oshib borayotganini takidladi. Tabiiyki, futbolning yanada jozibaliroq bo'lishida hakamlarning o'rni beqiyos bo'lishiga alohida urg'u berildi. FIFA ham hakamlik borasida katta yangiliklarga qo'l urayotgani bejiz emasligi takidlandi. SHu sababdan CAFA hakamlikka jiddiy etibor berib, uning rivojlanishi yo'lida qator ishlar amalga oshirilayotgani bildirildi.



Seminar davomida hakamlar o'yin qoidalari yuzasidan nazariy test va video test topshirishdi. SHuningdek, OFK instruktorlari tomonidan o'yindan tashqari holat, taktik follar mavzularida nazariy mashg'ulotlar tashkil etildi.

Qayd etish kerak, o'quv-amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan mazkur seminar 29 yanvargacha davom etishi rejalashtirilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика