Toru Onike: "O'yindan oldin uchta gol urishimizni aytgandim"
09 iyu 2021 08:45
Yangiliklar
Toru Onike: "O'yindan oldin uchta gol urishimizni aytgandim"
OCHL-2021 guruh bosqichi 4-turi doirasidagi "Kavasaki Frontale" - "Tegu" (3:1) uchrashuvidan so'ng Yaponiya jamoasi bosh murabbiyi Toru Onike fikrlarini bildirib o'tdi.
"Muhim va hal qiluvchi o'yin bo'ldi. Qiyin ochkoni qo'lga kiritdik. G'alaba qozonish qo'limizdan kelardi. O'yindan oldin uchta gol urishimizni aytgandim. Biz oxirgacha kurashdik.
Navbatdagi bahsdagi bosh maqsad g'alaba va chiroyli o'yin. Keyingi bosqichga yaxshi kayfiyatda yo'l olishimiz lozim.
Tarkibimizdagi barcha futbolchilar biz bilan birga qoladi. Olimpiyadaga malum sabablarga ko'ra bora olishmaydi",- deydi Toru Onike.
Fikrlar