So’nggi yangiliklar

16:05Мажид Ҳасан: "Узоқ вақтдан бери мағлубиятга учрамай келаётган Ўзбекистонга қарши икки баравар куч билан майдонга тушишимиз лозим"  0 15:40Али Хасиф: "Ўзбекистон енгиб бўлмас тўсиқ эмас"  8 15:24Аллегри "Милан"га қайтди  0 15:12"Реал" янги футболчисини эълон қилди  6 15:03БАА терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  9 14:44Эшитдик-да! "Нефтчи" раҳбариятида истеъфо  12 14:44"Дутор" ва "Котта Болла"дан ғалабалар — Like Cup мусобақасидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:51Доннарумма вакили ПСЖ ҳақида: "Агар янги шартнома имзоламасак, бошқа вариантларни кўриб чиқамиз – ҳеч нарсани истисно қилмаймиз. Жанлуижи Парижда хурсанд".  0 13:12Россияга қарши баҳс учун Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  7 12:43Ўзбекистон - Қатар учрашуви учун чипталар офлайн сотилади  23 12:09Ла Лига мавсумида ВАРнинг энг кўп қарорлари "Реал"га қарши қабул қилинган – 16 та, "Барса"га қарши – 7 та  30 11:37ФИФА Анчелоттининг Бразилия терма жамоасига тайинланиши бўйича тергов бошлади  2 10:52Италия грандларига "Реал" ҳужумчиси керак  3 10:23Тен Хаг МЮдан собиқ футболчиларини олиб келмоқчи  6 09:54МЮ Осимхенни қўлга киритиш учун "Наполи"га ўз футболчисини таклиф қилди  1

To'rtta o'yin, 9 ochko va guruhda ikkinchimiz Yangiliklar

To'rtta o'yin, 9 ochko va guruhda ikkinchimiz

Kecha O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichida Xitoyga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Natijada ushbu g'alabadan so'ng saralashning oxirgi raundida to'plagan ochkolarimiz soni 9taga etib, guruhda ikkinchi o'rinni egallab turibmiz.

OMADLI KELGAN QUR'A
Avvalo shuni aytish lozim, biz uchun ham qura, ham taqvim omadli keldi. Avvalo dastlabki uchrashuvni uyda boshlab olganimiz yaxshi bo'ldi va bunda Suriyani 1:0 hisobida mag'lub etdik. Keyin xuddi shu hisob bilan safarda Qatar mag'lubiyatga uchratildi. Lekin 3-turga kelib guruhdagi eng kuchli jamoa Eronga yutqazib qo'ydik. Mana shu o'yin ko'pchilikning hafsalasini pir qilgani bor gap. Na o'yin o'xshadi, na natija. Navbatdagi uchrashuvni yana Toshkentda o'tkazgan terma jamoamiz bu safar Xitoyni mag'lub etdi.

SHunday qilib saralashning dastlabki to'rt turi ortda qoldi. Bu esa bo'lib o'tgan o'yinlarni tahlil qilishga etarli sabab bo'la oladi. To'rtta uchrashuv yakuniga ko'ra, hisobimizda uchta g'alaba va bir mag'lubiyat bor. Bundan tashqari, to'rtta o'yinda to'rtta gol urib, atigi bir marta to'p o'tkazib yubordik. Va mana shu o'tkazilgan birgina gol mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi.



AHAMIYATLI O'YINLAR
Maqsadimiz 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga borish ekan, bundan keyin har bir o'yin yanada ahamiyatli bo'lib boraveradi. Bu yil hisobidan esa yana bitta uchrashuvimiz qoldi. 15 noyabr kuni safarda Janubiy Koreya mehmoni bo'lamiz. Koreyaliklar kecha Eronga yutqazib qo'yishdi va endi ular uchun biz bilan bo'ladigan bahs nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Agar keyingi o'yinlarda o'zimizga kerakli ochkolarni qo'lga kiritsak, o'zbek futboli tarixida ilk marta jahon chempionatiga chiqishimiz mumkin.

Bu bosqichda har bir jamoa uyda va safarda beshtadan o'yin o'tkazadi. Biz o'z maydonimizdagi beshta uchrashuvdan uchtasini o'tkazib bo'ldik va olti ochkoni qo'lga kiritdik. Keyingi yil yana ikkita uchrashuvda maydonga tushamiz. Avvaliga Qatar, keyinchalik oxirgi turda Janubiy Koreya Toshkentga tashrif buyuradi. Vazifani har holda oxirgi turga qoldirmaganimiz maqul. Oldinda bizni Janubiy Koreya, Suriya, Eron va Xitoyga bo'ladigan safarlar kutmoqda. Mana shu o'yinlarda 10 ochkoni qo'lga kiritsak chakki bo'lmasdi.

Dastlabki to'rt turdan so'ng shu narsa aniq bo'ldiki, guruhda birinchi-ikkinchi o'rin uchun kurash uch jamoa - Eron, biz va J.Koreya o'rtasida kechadi. Yani, katta ehtimol bilan yakuniy jadvalda mana shu jamoalar 1, 2, 3-o'rinlarni band etishadi. Agar biz to'g'ridan-to'g'ri mundialga yo'l olishni xohlasak, Xitoy, Suriya, Qatarni yana bir bor mag'lub etgan holda J.Koreya va Eron bilan ochko yo'qotmasligimiz lozim bo'ladi.



15 NOYABRDAGI O'YIN
Nima bo'lgan taqdirdayam to'rtta uchrashuvdan uchtasida g'alaba qozonganimiz yaxshi bo'ldi. Bu esa futbolchilarni navbatdagi bellashuvlarda ko'tarinki kayfiyat bilan to'p tepishga undaydi. Endilikda terma jamoamiz bir oy dam oladi va kelasi oyning 15-sanasida Janubiy Koreya mehmoni bo'ladi. Hozirdan aytish mumkin, mana shu bellashuv biz uchun juda katta ahamiyatga ega. Agar Seuldan kamida durang bilan qaytib kelsak, buyog'iga ikkinchi o'rindan pastga tushmaslikka umid qilsa bo'ladi. Mabodo yutqazib qo'ysak, Koreyaning keyingi bahslarda qoqilishiga ishonish qiyin. CHunki Eron va Janubiy Koreya bizdan tepaga ko'tarilib olganidan so'ng ulardan o'zib ketish mushkul bo'ladi. SHunday ekan, 15 noyabr kuni safarda juda muhim uchrashuvni o'tkazamiz deb bemalol aytsak bo'ladi.



Bo'lib o'tgan o'yinlar:
1 sentyabr. O'zbekiston - Suriya 1:0
6 sentyabr. Qatar - O'zbekiston 0:1
6 oktyabr. O'zbekiston - Eron 0:1
11 oktyabr. O'zbekiston - Xitoy 2:0

Keyingi o'yinlar:

15 noyabr. J.Koreya - O'zbekiston
23 mart. Suriya - O'zbekiston
28 mart. O'zbekiston - Qatar
13 iyun. Eron - O'zbekiston
31 avgust. Xitoy - O'zbekiston
5 sentyabr. O'zbekiston - J.Koreya

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика