To'rt klub "Borussiya" forvardi Plea uchun davogarlik qilmoqda
23 iyu 2022 12:47
Yangiliklar
To'rt klub "Borussiya" forvardi Plea uchun davogarlik qilmoqda
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi hujumchisi Alassan Plea ushbu transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.
"Marsel" va "Nicca" 29 yoshli francuz bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. O'yinchi uchun shuningdek ikki ingliz klubi, jumladan "Nottingem Forest" davogarlik qilmoqda.
Pleaning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 15 million evroga baholamoqda.
Francuz forvardi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar