So’nggi yangiliklar

18:59ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР 1:0 (матнли трансляция)  33 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  42 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21

To'rt bosqichli futbol Yangiliklar

To'rt bosqichli futbol

Teglar :  O'zbek futboli
So'nggi yillarda o'zbek futbolida olib borilayotgan islohotlar ko'lami anchayin kengaydi.

Endilikda futbol bo'yicha O'zbekiston milliy chempionatlari to'rt bosqichli tizim asosida faoliyat olib boradi. Xo'sh, to'rt bosqichli tizim deganda nimani nazarda tutayapmiz?

Futbolda turli bosqichlar bo'lishi yaxshi albatta. Nega deganda bosqichlarga ajratilgan chempionatlarda birinchi navbatda reglament va sport tamoyillari ishlaydi. Bizning futbol ham yillar davomida mana shunday formatga etib keldi. Quyidan boshlasak, yangi tashkil etilgan futbol klubi dastlab viloyat birinchiligi - Ikkinchi liga musobaqalarida ishtirok etadi, ayni damdagi formatga ko'ra yakunda chempion va viloyat kubogi sohibi Birinchi ligaga o'tish o'yinlarida ishtirok etadi. Omadi chopib o'tish o'yinlarini muvaffaqiyatli tugata olsa, yangi mavsumdan Birinchi ligada o'ynaydi. Dastlab shu nom bilan atalgan va malum bir muddat o'tib endilikda yana shunday atalayogan Birinchi liga  g'olibi to'g'ridan-to'g'ri Pro-liga yo'llanmasiga ega chiqadi. Uchinchi bosqich deb atayotganimiz, yani Pro-liga muvaffaqiyatli ishtirok etgan klubga nufuzi jihatdan o'zbek futbolining eng yuqori bosqichi - Superligaga o'tish imkonini beradi. 

Futbol klublari bosqichma-bosqich yuqorilab borgani sayin mos ravishda ularning oldidagi vazifa va talablar ham ortib boradi. Xususan klub o'z akademiyasi maydonlariga, futzal, ayollar hamda turli toifadagi yoshlar jamoalariga ega bo'lishi lozim. O'z navbatida futbol klublari bu talablarni bosqichma-bosqich shakllantirib borishi shart.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli "Futbolni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi hamda 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonlari ijrosini taminlash borasida joylarda bolalar futbolini rivojlantirish, futbol mahorat maktablariga bo'lgan etiborni kuchaytirish, umumtalim maktablari o'quvchilari o'rtasida futbol bo'yicha "Maktablar ligasi"ni  tashkil etish bo'yicha bir qator ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi samarali ishlar o'zbek futboli yanada rivojlanishi, xalqaro maydonlardagi nufuzimiz yanada ortishiga xizmat qiladi. SHuningdek o'tgan mavsumdan etiboran tashkil etilgan "O'zbekiston liga kubogi" musobaqasi xududlarda bo'lib o'tadigan futbol uchrashuvlari sonini yanada ko'paytirish, yuqori va quyi liga jamoalari o'rtasidagi o'zaro o'yinlar asnosida yosh futbolchilarning tajriba to'plashlariga imkon yaratish kabi maqsadlarni amalga oshirishga imkon yaratmoqda. Joriy yildan ushbu musobaqa xalqaro formatda o'tkazilishi ehtimoli mavjud, lekin bugungi kunda butun dunyo aholisini tashvishga solayotgan koronavirus bunga yo'l qo'yadimi, yo'qmi hozircha bir narsa deyish qiyin.

O'zbekiston futbol associaciyasi,O'zbekiston professional futbol ligasi hamda viloyat futbol associaciyalari biz yuqorida tilga olgan musobaqalarni o'tkazuvchi vakolatli tashkilotlar hisoblanishadi. Bugungi kunda mazkur tashkilotlar tomonidan mamlakatimizda futbolni rivojlantirish borasida bir qator tizimli ishlar yo'lga qo'yildi. Misol tariqasida aytish mumkinki, o'tgan mavsumda tashkil etilgan "Mahallaga mahalla", "CHarm to'p" futbol musobaqalari yoshlarni sportga targ'ib etish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkillash, shuningdek iqtidorlarni aniqlash borasidagi samarali ishlar hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan meyoriy hujjatlarning tom manoda ijrosi taminlanishiga xizmat qilmoqda deb aytsak mubolag'a bo'lmasa kerak.

O'ylaymizki, o'zbek futbolini rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar kelgusida yanada takomillashtirilib borilaveradi.


Bekzod Tolibov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика