Torres "Barselona"da 19-raqam ostida o'ynaydi
12 jan 2022 12:05
Yangiliklar
Torres "Barselona"da 19-raqam ostida o'ynaydi
"Barselona" o'yinchisi Ferran Torres o'ziga raqam tanladi.
21 yoshli ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar safida 19-raqam ostida o'ynaydi.
O'yinchining debyuti "Real"ga qarshi Superkubok yarim final o'yinida o'tkazilishi mumkin. Bahs bugun bo'lib o'tadi.
"Barselona" Ferran Torresni 28 dekabrda "Man Siti"dan 55 mln evroga xarid qilgan edi. 21 yoshli ispan "ko'k-anorranglilar" bilan 2026/27 yilgi mavsumga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar