“Torino” himoyachisi D’Ambrozio “Milan”ga o'tishga yaqin turibdi
17 dek 2013 10:46
Yangiliklar


“Torino” himoyachisi D’Ambrozio “Milan”ga o'tishga yaqin turibdi
“Milan” klubi “Torino” himoyachisi Danilo D’Ambrozioni sotib olishni istamoqda, deb xabar beradi Sky Sport Italia.
Manbaning xabariga ko'ra, 25 yoshli italiyalik futbolchi qishki transferlar oynasi mobaynida “Milan”ga o'tishga yaqin turibdi.
“Milan” ushbu shartnomaga bitta o'yinchisini ham qo'shishi mumkin.
D’Ambrozioning “Torino” bilan tuzgan shartnomasi 2014 yilning iyunida tugaydi.
Ushbu mavsum Itlaiya chempionatining 14 ta o'yinida ishtirok etgan D’Ambrozio, 2 ta gol va 2 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar