"Torino" 18:1 dan keyin navbatdagi uchrashuvda ham juda yirik hisobda zafar quchdi
15 iyu 2019 01:01
Yangiliklar


"Torino" 18:1 dan keyin navbatdagi uchrashuvda ham juda yirik hisobda zafar quchdi
Torino mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvi doirasida bu safar Merano jamoasiga qarshi bahs o'tkazdi.
Mazkur o'yinda ham turinliklar raqiblarini yirik hisobda (15:0) taslim etishdi. Uchrashuvda Simone Dzadza geksa-trik, Andrea Belotti poker, Alexandro Berenger dubl qayd etgan bo'lsa, Bremer, Lorenco De Silvestri hamda Yago Falke o'z hisoblariga bittadan gol rasmiylashtirishdi.
Avvalroq, Valter Macarri shogirdlari nazorat uchrashuvida «FK-Bormiese»ni 18:1 hisobi bilan tor-mor etishgandi.
TAS-IX emas
O’xshash yangiliklar

Fikrlar