So’nggi yangiliklar

19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  30 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   18 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Torgan Azar: Ko'proq gol urishni istayman Yangiliklar

Torgan Azar: Ko'proq gol urishni istayman

Menxengladbaxning Borussiya klubi yarim himoyachisi Torgan Azar Germaniya bundesligasining rasmiy saytiga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o'qishingiz mumkin.

- Jamoa yangi mavsum taraddudini boshlab yubordi. SHaxsan siz qanday tayyorgarlik ko'rdingiz yoki tatil paytida futbolni umuman unutasizmi?

- Mavsum oxirida yozgi mashg'ulotlar rejasini olamiz. Unga ko'ra, ikki haftalik tatildan so'ng individual shug'ullanishni boshlaymiz. Lekin tatil paytida men biron-bir sport turi bilan shug'ullanaman. Misol uchun, tennis o'ynayman. SHu ikki hafta butunlay o'z ixtiyoringizda bo'ladi. Yig'inlar boshlanganda malum miqdorda tayyor bo'lish uchun yozib berilgan mashg'ulotlarni bajarish kerak. Bu mavsum avvalida juda muhim. SHu bois ham Borussiya birinchilardan bo'lib mashg'ulotlarga kirishadi. Biz CHempionlar Ligasining saralash o'yinlari boshlanganda formamizni tiklab olgan bo'lamiz.

- ECHL o'yinlaridan oldin Borussiya Tegernze mashg'ulotlar lagerida tayyorgarlik ko'radi. Bu ajo­yib maskanda bir necha kunni o'tkazishni kutyapsizmi yoki og'ir mashg'ulotlar hammasini barbod qiladimi?


- Mashg'ulotlar lagerida bir necha kunni o'tkazishni o'ylasam, birinchi o'rinda xayolimga oilam keladi. CHunki u erda ular bilan birga bo'la olmayman. Lekin bu borada katta muammoim bor, deb o'ylamayman. Men professional futbolchi bo'lishga qaror qilganman. SHunday ekan, bunday holatlarga hamisha tayyorman. Umuman olganda, bo'sh vaqtlarda yangi do'stlar bilan tanishish va shaharchani aylanish imkoniyatlari bo'ladi.

- Nima deb o'ylaysiz, keyingi ikki yil mobaynida Germaniya­da o'sishga erishdingizmi?


- Albatta, professional jihatdan o'sdim. O'tgan ikki yil ichida ko'p narsani o'zlashtirdim. Klubdagi barcha bilan yaqin munosabatdaman. SHuningdek, nemis tilini ham ancha o'rganib oldim. Evrokuboklardagi o'yinlar orqali saviyam oshdi.


- Jamoa Yannik Vestergor, Kristof Kramer, Tobias SHtrobl va Laslo Beneshlarni o'z tarkibiga qo'shib oldi. Hozirgi kunda Borussiyaning zaxirasi o'tgan mavsumdagidan ko'ra uzunroqmi?

- Albatta, joriy yil raqobat yanada kuchli bo'ladi. Bu esa o'z-o'zidan jamoaga yordam beradi.

- Andre SHubert tarkib rotaciyasini rejalashtirmoqda. Bu esa ananaviy asosiy tarkib bo'lmasligini anglatadi. Siz bunga qanday munosabatdasiz?


- Professional futbolchilarda kurashish istagi yuqori bo'ladi. Har qanday futbolchi barcha o'yinda maydonga tushishni istaydi. Biroq mavsum davomida 50dan ortiq o'yin o'tkaziladi. Bunday vaziyatda dam olish ziyon qilmaydi. Biroq qatorasiga 15ta o'yinda dam olgan futbolchiga rotaciya juda maqul kelsa kerak (kuladi).

- Borussiyaning mavsumdagi maqsadi tayin. Yani, kuchlilar qatorida bo'lish. Siz o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ygansiz?


- Iloji boricha ko'proq o'ynash. Oldin aytganimdek, oxirgi ikki yilda Menxengladbaxga ancha moslashib oldim. Hozir bor etiborimni mashg'ulotlarga qaratsam bo'laveradi. CHunki murabbiyimiz menga ishonch bildirmoqda. Albatta, ko'proq gol urishni istayman. Ammo bu borada o'z oldimga aniq maqsad qo'ymaganman. SHunchaki, o'tgan yildagidan yaxshiroq natija qayd etsam, xursand bo'laman. O'tgan yili raqiblar darvozasini 4 marta ishg'ol qilgandim.

A.QODIROV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика