So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  2 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  8 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  30

To'raqo'rg'onda Odil Ahmedov akademiyasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi Yangiliklar

To'raqo'rg'onda Odil Ahmedov akademiyasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi

Yurtimiz azaldan istedodli futbolchilarga boy bo'lib kelgani hech kimga sir emas. Har bir viloyatda mashhur futbolchilar etishib chiqishgan.

Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani bu borada alohida tilga olinadi. O'zbekiston Braziliyasi deb nom olgan ushbu tumanda ajoyib futbol akademiyasi qurib bitkazildi. O'zbekiston terma jamoasi sardori va Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi azosi Odil Ahmedov mamlakatimizda birinchi bo'lib hususiy futbol akademiyasini ishga tushirishga qaror qildi.

Ikkita suniy maydonga, futbolchilar istiqomat qilishlari uchun yotoqxona, basseynga ega bo'lgan mazkur akademiyadan kelajakda yurtimiz futboli rivoji uchun xissa qo'shadigan futbolchilar etishib chiqishiga shubha yo'q.



29 avgust kuni Odil Ahmedov futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Erta tongdan akademiyaning o'zida doshqozonda o'zbek taomlarining shoxi bo'lgan palovxonto'ra tayyorlandi va dasturxonlarga tortildi. Nuroniy otaxonlar ushbu akademiya uzoq yillar davomida yurtimizga xizmat qilishini tilab duo qilishdi.




Kechki payt ochilish marosimiga Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan shahar hokimi SHavkat Abdurazzoqov, Odil Ahmedov va yana ko'plab insonlar tashrif buyurishdi.

"To'raqo'rg'ondan ko'plab futbolchilar etishib chiqqan. Bu akademiyada yaratilgan sharoitlar yaqin yillarda o'z mevasini berishiga ishonamiz. Ushbu akademiya O'zbekiston mustaqilligining 28 yilligiga sovg'a bo'ldi desak yanglishmaymiz", - dedi Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.




Ochilish marosimi "Navbahor" klubi faxriylari hamda "Odil Ahmedov akademiyasi" murabbiylari o'rtasidagi shou futbol uchrashuvi bilan davom ettirildi. Yaqin o'tmishning eng kuchli va eng mashhur futbol yulduzlari ishtirokida o'tgan bahs stadionga yig'ilgan muxlislarni ham beetibor qoldirgani yo'q. Qiziqarli va gollarga boy o'tgan uchrashuvda 4:4 hisobi qayd etildi. O'yindan so'ng muxlislar sevimli futbolchilari bilan esdalik uchun suratlarga tushishdi, ular bilan muloqot qilishdi. Bundan tashqari faxriy futbolchilar anchadan buyon diydorlasha olmagan qadrdon hamkasblari bilan dildan suhbat qurishdi.


"Navbahor" faxriylari - "Odil Ahmedov akademiyasi" murabbiylari 4:4

"Navbahor" faxriylari:
Ilhom Abduqodirov, Rashid G'ofurov, Saydullo Tursunov, Xayrullo Karimov, Anvar Hafizov, Bahrom Yo'ldoshev, Yoqubjon Ahmedov, Akmal Sohibov, SHavkat Abdurazzoqov, SHuhrat Mirxoldirshoev, Muxtor Fozilov, Timur Sultonov, Dilshod Jabborov, G'ayrat Jo'raev, Zafar Musaboev, Ilhom Boydedaev, Sanjar Asqaraliev, Jahongir Isroilov.

"Odil Ahmedov akademiyasi" murabbiylari: Zafar Quvataliev, Ibrohim Rahimov, SHerzod Jo'raev, Leonid Koshelev, Alisher Mahmudov, Akmal Xolmatov, Ilhom Yunusov, Jahongir Usmonov, Muzaffar Xoliqov, Nuriddin Akbarov, Zayniddin Akbarov, Alisher Ahmedov, Dilshod Nuraliev, Zayniddin Tojiev, SHamshod, Farhod Umaraliev.



Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика