Toral: "Barselona" bilan bahsda bizga omad va raqibning omadsiz o'yini kerak bo'ladi"
04 mar 2015 12:41
Yangiliklar
Toral: "Barselona" bilan bahsda bizga omad va raqibning omadsiz o'yini kerak bo'ladi"
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toralning hisoblashicha, uning jamoasi Ispaniya Kubogi finali yo'llanmasini qo'lga kirita oladi.
"Vilyarreal" buning uchun "Barselona"ga qarshi javob o'yinida kerakli hisobda g'alaba qozonishi kerak. Bu jamoalar o'rtasidagi birinchi bahs 1:3 hisobida Kataloniya klubi g'alabasi bilan yakunlangan.
"Bunday uchrashuvda g'alaba qozonish uchun omad biz tarafda bo'lishi kerak, shu bilan birga, raqibning o'yini o'xshamasligi lozim. Agar bizning jamoada pessimizm hukmronlik qilganida, men bunday so'zlarni gapirmagan bo'lardim. "Barselona" esa o'tgan mavsumga qaraganda yaxshiroq o'ynayapti" - deydi Toral.
Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv bugun bo'lib o'tadi.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar