So’nggi yangiliklar

14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  0 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  20 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  23 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2

To'qnashuv: Qosimov nega Beg'amov bilan qarama-qarshi? Yangiliklar

To'qnashuv: Qosimov nega Beg'amov bilan qarama-qarshi?

Saytimizda yangi "To'qnashuv" nomli rukn ish boshlaydi.

Mazkur rukn orqali muxlislar uchun O'zbekiston - KXDR uchrashuviga ikkita chipta yutib olishlari mumkin. Viktorina sharti haqida sal pastroqda tanishasiz.

"To'qnashuv"da futbolchi, murabbiy yoki jurnalistlar o'zaro virtual bahs boylashadi. Yutqazgan taraf yutgan tomonning bir iltimosi va viktorinada g'olib chiqadigan muxlislar uchun kichik sovg'a taqdim etadi.

Bu galgi ruknning ilk mavzusi - Evropa CHempionlar Ligasi.

Qoidaga ko'ra, ikki ishtirokchi ECHLda o'ynayotgan istalgan ligani tanlaydi. Birinchi ishtirokchi tanlagan liga va ikkinchi taraf olgan liga jamoalarining ushbu turda jamlagan ochkolari hisoblanadi. Qaysi taraf, yani liga jamoalari ko'proq ochko jamg'arsa, o'sha tomon g'olib bo'ladi.

"To'qnashuv" ruknining ilk qarama-qarshiligida saytimiz xodimlari SHahboz Beg'amov va Tolibjon Qosimov o'zaro bahslashishadi.

Angliya premer ligasi tarafdori Tolibjon Qosimov mazkur turda APL jamoalariga ishonmoqda. Germaniya Bundesligasiga ixtisoslashgan SHahboz Beg'amov esa Germaniya jamoalari birinchi turda bo'lgani kabi bu gal ham APLdan ko'proq ochko to'plashiga ishonmoqda.


"To'qnashuv"

1-son

ECHL, 2-tur

SHahboz Beg'amov (Bundesliga) - Tolibjon Qosimov (APL)


O'yinlar jadvali:

2 oktyabr
"Xoffenxaym" - "Manchester Siti" (22:00)
"Manchester Yunayted" - "Valensiya" (00:00)
"Bavariya" - "Ayaks" (00:00)

3 okyatbr
"Lokomotiv" - "SHalke" (22:00)
"Borussiya Dortmund" - "Monako" (00:00)
"Tottenxem" - "Barselona" (00:00)
"Napoli" - "Liverpul" (00:00)


Tolibjon Qosimov: "Ingliz jamoalari bu turda nemis klublaridan  ko'p ochko yig'ishiga shubha yo'q. Faqatgina "Tottenxem"dan biroz xavfsirab turibman. Qolgan jamoalar esa g'alaba qozonishlariga ishonchim komil. Muhimi, APL jamoalari ECHLning mazkur turida Bundesliga klublaridan yaxshi natija qayd etishlari ishonch yuqori. "Siti" birinchi turda yutqazgani bois bu bahsda yanada kuchliroq o'ynashi aniq. "SHaharliklar"ning ishtiyoqi ikki hissa ko'proq bo'ladi, Pep jamoasi bu gal yutishi shart. "Xoffenxaym" omadsizliki shundaki, ular "Siti" mana pallaga duch kelib qolishdi. Bu o'yinda nemislarda deyarli imkoniyat yo'q. MYUning ichki chempionatdagi omadsizligi ECHLga tasir ko'rsatmaydi. Neapolda esa Klopp jamoasidan jangovor o'yin kutaman. Anchelotti jamoasi Kloppning "Liverpul"i uyushtiradigan bosimga dosh berolmaydi".



SHahboz Beg'amov: "Bundesliga jamoalari kim aslida kimligini birinchi turdayoq isbotlashdi. Germaniya jamoalari nom yoki mashhurlik jihatdan APL klublaridan ortda bo'lishi mumkin. Ammo kuch va xalqaro maydonda natija qayd etishda oxirgi yillarda vaziyat ancha o'zgarib ketdi. O'tgan turda Bundesliga jamoalarini mag'lub etadigan raqib topilmadi. Faqatgina hakamlarning xurmacha qiliqlari evaziga "SHalke" tayyor g'alabadan mosuvo qoldi. Premer liga jamoalarini esa Angliyada ham o'rtamiyona jamoa bemalol yutib ketaveradi. Bu yangilik emas. Ayniqsa Angliya chempioni "Siti"ning ECHLdagi haqiqiy qiyofasini ko'rdik, ko'rganmiz va ko'ramiz. APL yaxshi chempionat. Faqat ichki doirada. APL jamoalarining ECHLdagi potencial va munosib raqibi - Franciya 1 Divizioni. La Liga, A Seriya yoki Bundesliga APL uchun kuchlilik qiladi. Tolibjon Qosimov ancha eyforiyada, ammo u kishiga tekin maslaxat, ertadan boshlab KXDRga qarshi o'yin chiptasini muxlislar uchun xarid qilishni boshlasinlar! Nimani iltimos qilishni esa yutganimdan so'ng aytaman :-)"



Viktorina shartiga ko'ra, ECHLning bugungi kun o'yinlarining ilk goliga kim mualliflik qilishini topgan dastlabki ikkita muxlislarga (yuzer) O'zbekiston - KXDR uchrashuvi chiptasi taqdim etiladi. CHiptani yutqazgan ishtirokchi muxlislarga xarid qilib beradi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика