So’nggi yangiliklar

13:03Таҳлил. Ўзбекистон терма жамоасида "перезагрузка": Каннаваро нимани ўзгартирмоқчи?  0 12:40Лапорта: "Агар Худо бор бўлса, у "Барса" томонида"  5 12:13"Галатасарой" Салоҳ билан шартнома имзолашни режалаштирмоқда  1 11:50Уругвай дарвозабони Ўзбекистонга қарши ўйинда қайси вазият қийинчилик тўғдирганини айтди  2 11:28Юрген Клопп Вирцни ҳимоя қилиб чиқди  1 10:50"Барселона" асосий футболчиси билан янги шартнома имзолайди. Товон пули 500 миллион евро!  2 10:23ЖЧ-2026 саралаш. Бугун Осиёда иккита даҳшат ўйин бор  16 10:01Юрген Клопп: "У - 100 йилда бир марта пайдо бўладиган истеъдод"   1 09:18U-20 терма жамоамиз Қозоғистонга қарши майдонга тушади  0 08:51Бугун ўсмирларимиз яна бир бор Туркияга қарши баҳс олиб боради  3 08:26ЖЧ-2026 саралаш. Бельгия, Украина, Германияда ғалаба, Францияда эса... + қолган натижалар  0 07:58"Жуда меҳнаткаш, интизомли ва барқарор жамоа" — Бьелса Ўзбекистон терма жамоаси ҳақида  6 07:30Sofascore. Уругвайга қарши баҳсда йигитларимиз неча баҳо олишди?  15 00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  9 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  24

To'p qo'lga tekkanda qoida buziladimi? Barcha uchun eng oddiy qo'llanma Yangiliklar

To'p qo'lga tekkanda qoida buziladimi? Barcha uchun eng oddiy qo'llanma

Hamma tushunib olishi aniq.

2019 yilning avgustigacha qo'l bilan o'yinni aniqlash biroz tushunarsiz bo'lgan: Hakam futbolchining to'pga atayin yoki tasodifan tekkaniga baho berardi. IFAB (futbol qoidalarini ishlab chiquvchi tashkilot)ning yangi talqinida hammasi soddalashtirilishi kerak edi, ammo aksincha bo'ldi.


Yangi qoidalar paydo bo'lganidan bir necha hafta o'tib jiddiy savol paydo bo'ldi. APL hakamlari "Siti" forvardi Gabriel Jezusning "Tottenxem"ga urgan golini hisoblashmadi. O'sha vaziyatda to'p Emerik Laportning qo'liga tegib, braziliyalikka tushib qolgandi.


"Bunday vaziyatda qo'lni qanday olib qolish mumkinligini tushunmayman. O'yindan keyin menga aytishlaricha, agar to'p huddi shunday uslubda raqib himoyachisiga tegsa, penalti berilmas emish. Hujumdagi futbolchida esa qoida buzilar ekan. Bu muammoni o'rganib chiqish kerak" - deya etiroz bildirgandi Kevin de Bryuyne.


De Bryuyne haq - endi qoidalar himoyachilar va hujumchilar uchun alohida hisoblanadi.


Qanday?


Qo'l bilan o'yin qoidabuzarlik ekanini anglatuvchi uchta qoida:


1. Agar futbolchi to'p qo'lga tekkanidan so'ng gol ursa yoki golli pas bersa xushtak chalinadi. Bu erda hech qanday istisno bo'lmaydi. To'p hujum qilayotgan jamoa futbolchisining qo'liga har qanday holatda tegsa qoida buziladi. Xatto futbolchi qo'lini tanasiga birlashtirib olganda ham. Himoyalanayotgan jamoada esa bunday emas.

2. Qo'l elkadan balandga ko'tarilsa va to'p unga tegsa - bu qoidabuzarlik.

3. Futbolchi qo'li yordamida tanasining hududini kattalashtirsa - bu qoidabuzarlik. (so'nggi ikki qoida hammaga taaluqli (himoyadagi jamoaga ham).


Uchinchi punkt tushunarsiz, ammo Da Vinchi surati hammasiga aniqlik kiritadi


Qo'l qachon "tana hududini kattalashtiradi" va qachon bunday emasligini tushunib olish haqiqatdan ham oson emas. IFAB texnik direktori ushbu so'z qanday tushunish kerakligini aytib berdi.


"Tananing o'z shakli bor. Agar qo'llar ushbu shaklning tashqarisida bo'lsa, demak, tana hududi kattalashgan hisoblanadi".


Yana biroz tushunarsiz. Hozircha bu qoida bo'yicha italiyalik hakamlar rahbari Nikola Riccoli tuzukroq malumot berdi. U Leonardo Da Vinchining odam chizmasini oldida, hammasini sodda qilib tushuntirdi. Qo'llanma quyidagicha:


Qizil hudud. Ko'llar elka va undan teparoq balandlikda ko'tarilsa qoida buziladi.


Agar futbolchi to'pni o'ziga bo'ysundira olmagandan so'ng to'p qo'lga tegsa, hakam xushtak chalmaydi.


Ko'k hudud. To'p tezligi, to'pgacha bo'lgan masofa, qo'l harakatining tabiiyligi, tana holati (qo'llar tana hududini notabiiy yo'l bilan kattalashtirmasligi kerak) hisobga olinadi.


Yashil hudud. Qo'lning tabiiy holati. Qoidabuzarlik emas.


Lekin to'p yashil hududda qo'lga tegib, hujum qilayotgan jamoa gol ursa, u hisobga olinmaydi. Himoyada esa aksincha, hakam xushtak chalmay, o'yinni davom ettiradi.


Natijada qoidalar haqiqatdan ham qiyinlashdi, ammo uning kriteriyalari aniqroq bo'ldi. Bu qo'llanmani saqlab qo'ying, u hali ko'p as qotadi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика