So’nggi yangiliklar

01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  100 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0

Top darajaga ko'tarilgan Mauro Yangiliklar

Top darajaga ko'tarilgan Mauro

Mauro Ikardi haqida nimalarni bilasiz?

TOP DARAJAGA KO'TARILGAN MAURO
Evropa CHempionlar Ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan "Inter" hamda "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yinda ko'pchilik Lionel Messining maydonga qaytishini va yana qahramonga aylanishini kutgandi. Lekin shu kuni boshqa bir argentinalik futbolchi qahramon bo'ldi. "Inter" sardori Mauro Ikardi o'yin so'ngida gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Ikardi yangi mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazmoqda va endi uni bemalol top futbolchilar sirasida sanasak bo'ladi.

BEZORI
To'g'risini aytish kerak, bir necha yil oldin Mauro Ikardi deganda ko'pchilik sobiq jamoadoshining xotinini olib qochib ketgan bezori futbolchini tushunardi. Uning Vanda Nara bilan ishqiy munosabatlari hech kimga sir emas. Lekin endi Ikardining o'tmishi haqida ko'p ham gapirishmayapti. CHunki Mauro shunchalik yaxshi o'ynayaptiki, uning futboldagi darajasi har qanday voqealardan yuqoriga chiqdi. Futbolchi o'zining avtobiografiyasini chop etganidan keyin "Inter" muxlislari ham uni yomon ko'rib qola boshlagan va buni ochiq-oydin namoyish etishni boshlashgandi. Biroq Mauro o'z ustida ishlashda davom etdi va klub sardoriga aylandi.

UNI NIMA UCHUN YOMON KO'RISHARDI?
"Inter" muxlislari Ikardini yomon ko'rishlariga sabab uning avtobiografiyasida elon qilingan quyidagi voqea edi: "Biz "Sassuolo" bilan o'ynayotgandik. Men 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdim va o'yindagi yagona golni urdim. Muxlislar esa bizni oldilariga chaqirishdi. Freddi Guarin bilan muxlislar oldiga bordik. Ular meni gol urgan bo'lishimga qaramay, haqorat qila boshlashdi. Men esa muxlislar orasida menga qo'lini ko'tarayotgan bolakayni ko'rdim. Unga futbolkamni echib berdim. Bolakay shunchalik xursand bo'ldiki, buni ko'rib men ham quvondim. SHunda "ultra muxlislar" (bunday turdagi muxlislar Evropaning ko'p klublarida bor. Ular uchun futbolning unchalik qizig'i yo'q. Bunday muxlislar stadionlarda har xil portlovchi vositalar tutatish va janjal chiqarishni o'zlarining burchlari deb bilishadi. Ko'pchilik bunday muxlislarni jamoasi tarkibini ham bilmaydigan deb hazil qiladi – muallif) qatoridan bir kishi kelib formani bolakayni qo'lidan olib menga qaytarib uloqtirdi. Bundan jahlim chiqib "Sen iflos bolani xafa qilib xursand bo'lasanmi?", deb unga baqirdim. Kiyinish xonasida meni qahramonlardek kutib olishdi. CHunki hali hech kimning "ultra muxlislar" etakchisi bilan gaplashishga haddi sig'magandi".

Ikardining kitobida bu hikoya elon qilingach muxlislar klubga rasmiy murojaat bilan chiqishadi: "Ikardi bizning sardorimiz bo'lishga munosib emas. U hech qachon bo'lmagan voqeani to'qib kitobida chiqardi. "Inter"ning sardori tajribali, aqlli va salobatli bo'lishi kerak. Ikardi, sen biz uchun o'lgansan, mazxaraboz", deb yozilgandi murojaatda. Bunday so'zlar jamoaning uy uchrashuvlarida banner ko'rinishida ham namoyon bo'lgandi. Biroq 23 yoshida "Inter" sardori bo'lgan Mauro hech kimga etibor bermay o'z ishini qilaverdi. Uni bekorga klub sardori etib tayinlashmagan. CHunki Ikardi A Seriyada naqd 25 ta gol urgandi. Klubning ko'plab sobiq futbolchilari 23 yoshga ham to'lmagan Ikardiga sardorlik bog'ichini berish to'g'ri emasligi haqida gapirishdi, biroq eng asosiysi klubning afsonaviy sardori Xaver Zanetti hamyurtini yaxshi ko'rardi. U bir necha bor Ikardining klub uchun qanchalik muhim ekanini takidlagan.

"MEN – SARDORMAN"
Mauro Ikardi "Inter" bilan yangi shartnoma imzolaganida maoshining kamayishiga ham rozi bo'lgandi. Klub moliyaviy feyr-pley shartlarini bajarish uchun Ikardiga o'zi xohlaganidan 1,7 million evro taklif maosh belgilaydi. Mauro esa bunga rozi bo'ladi. Vaholangki, unda Angliya va Italiyaning o'zidan kattaroq maosh taklif qilishgandi. Ikardi "Real"ning unga qiziqish bildirgani haqida shunday degandi: "Men "Inter" sardoriman va hech qaerga ketmoqchi emasman".

AFSONALIK TOMON YO'L
Ikardi borgan sari klubning etakchisiga aylanmoqda. Hujumchi "Inter"  uchun eng asosiy o'yin hisoblangan Milan derbisida ayniqsa yorqin o'ynamoqda. O'tgan mavsumda u "Milan" darvozasiga uchta gol urgandi. Yaqinda esa qo'shimcha daqiqalarda gol urib Milan derbisida jamoasiga g'alaba keltirdi. "Inter"  – "Milan" to'qnashuvlaridagi "neradzurrilar"ning oxirgi beshta goliga ham aynan Ikardi mualliflik qilgan. U "Inter"  safida derbida uchta gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi. 1960 yildan buyon "Inter" ning hech bir futbolchisi A Seriyada 25 tadan ko'p gol urmagandi. Ikardi o'tgan mavsumda Italiya chempionatida 29 ta gol urdi. Zlatan Ibragimovichdan keyin esa hech bir "Inter"  hujumchisi chempionatda hattoki 25 ta gol urolmagandi. Ikardi 4 mavsum ketma-ket chempionatda kamida 10 ta gol urgan Kristian Veridan keyingi ilk "Inter"  futbolchisi bo'ldi. Mauro Milan derbisida ketma-ket 5 ta gol urgan oxirgi yarim asrdagi ilk futbolchi ham hisoblanadi. Bunaqa rekordlardan uning hisobida juda ko'p.

"Inter" ning so'nggi yillardagi boshqa futbolchilariga hurmat saqlagan holda aytishimiz kerak, Ikardi klub uchun oxirgi yillardagi eng muhim futbolchi bo'lmoqda. Klub Mourino bilan CHempionlar Ligasini yutganida murabbiy va ko'plab etakchi futbolchilar boshqa jamoaga o'tib ketishgandi. Ikardi esa unga tahdid qilishganiga qaramay, hamon "Inter" libosida. Bunga esa birgina sabab bor: uning klubga bo'lgan mehri. Biz uning Zanetti kabi afsonaviy sardorga aylana olishini taxmin qilmayapmiz, lekin Ikardi noodatiy sardor. Bunday ajoyib futbolchining qarshiliklarga qaramay kuchayishda davom etayotganini kuzatish esa barcha uchun yoqimli.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика