So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  8 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

TOP-5. Eng qimmat transfer bo'lgan o'zbekistonlik futbolchilar Yangiliklar

TOP-5. Eng qimmat transfer bo'lgan o'zbekistonlik futbolchilar

Xabaringiz bor, “Rostov” forvardi Eldor SHomurodov “Jenoa” azosiga aylandi.

Genuyaliklar 25 yoshli futbolchi uchun bonuslar bilan birga 9 mln evro to'laydigan bo'ldi. SHu tariqa, SHomurodov O'zbekiston tarixida transfer qilingan eng qimmat futbolchiga aylanib oldi. Transfermarkt manbasiga ko'ra, donliklar Eldorni 2017 yil “Bunyodkor”dan 300 ming evroga xarid qilishgandi va bugunga kelib uning transferidan yaxshigina mablag' ishlab olishdi. Albatta, uning narxi ko'tarilishiga jamoada ko'rsatgan yorqin o'yinlari ham sabab bo'ldi.

Bungacha esa transfer sotuvi bo'yicha peshqadamlik O'zbekiston MTJ sardori Odil Ahmedovga tegishli bo'lgan. 2017 yilning yanvarida “Krasnodar” Ahmedovni 7 mln evro evaziga “SHanxay SIPG”ga qo'yib yuborgandi. Malumot o'rnida, Odil 2011 yil "Paxtakor"dan yulduzlarni yig'ayotgan "Anji"ga 1,7 mln, 2014 yil esa "Anji"dan "Krasnodar"ga 4 mln evro evaziga sotilgan. SHu bois, uning eng yuqori transfer summasi reytingga kiritildi.

Kuchli uchlikdan Sardor Rashidov o'rin egalladi. U 2015 yil “Bunyodkor”dan Qatarning “Al Jayish” jamoasiga 2 mln evroga transfer bo'lgan. Sardor hozirda faoliyatini "Qatar SK"da davom ettirmoqda.

Eng qimmat transfer bo'lgan o'zbekistonlik futbolchilar

1. Eldor SHomurodov (25 yosh, hujumchi) – “Rostov” (Rossiya) = “Jenoa” (Italiya)

Transfer summasi: 9 mln evro

2020 yil amalga oshdi

Transfermarkt bo'yicha hozirgi bahosi: 6,5 mln evro

2. Odil Ahmedov (32 yosh, yarim himoyachi)– “Krasnodar” (Rossiya) = “SHanxay SIPG” (Xitoy)

Transfer summasi: 7 mln evro

2017 yil amalga oshgan

Transfermarkt bo'yicha hozirgi bahosi: 2,5 mln evro

SHuningdek, "Paxtakor"dan "Anji"ga (2011 yil, 1,7 mln evro), "Anji"dan "Krasnodar"ga (2014, 4 mln)

3. Sardor Rashidov (29 yosh, vinger) – “Bunyodkor” = “Al Jayish" (Qatar)

Transfer summasi: 2 mln evro

2015 yil amalga oshgan

Transfermarkt bo'yicha hozirgi bahosi: 900 ming evro

4. Server Jeparov (37 yosh, yarim himoyachi)  – “Seul” (J.Koreya) = “Al SHabab” (S.Arabistoni)

Transfer summasi: 1,6 mln evro

2011 yil amalga oshgan

Faoliyatini yakunlagan

5. Igor Sergeev (27 yosh, hujumchi)  “Paxtakor” = “Al Dafra” (BAA)

Transfer summasi: 1,5 mln evro

2018 yil amalga oshgan

Transfermarkt bo'yicha hozirgi bahosi: 1,5 mln evro

5. Oston O'runov (19 yosh, hujumkor yarim himoyachi) – “Ufa” (Rossiya) = “Spartak” (Rossiya)

Transfer summasi: 1,5 mln evro

2020 yil amalga oshdi

Transfermarkt bo'yicha hozirgi bahosi: 1,5 mln evro

ECHLda o'ynagan o'zbekistonlik futbolchilar

Evropa Ligasida o'ynagan o'zbekistonlik futbolchilar


Eldor Akmurzaev tayyorladi 

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика