Toni: "Verona"da qolishimni bilmayman"
01 iyu 2015 08:14
Yangiliklar
Toni: "Verona"da qolishimni bilmayman"
"Verona" hujumchisi Luka Toni yozgi transfer mavsumida jamoani tark etishi mumkinligini takidladi.
"Ertaga A Seriyaning so'nggi uchrashuvlarini tomosha qilaman. Agar Ikardi xet-trik qayd etilmasa, men 38 yoshimda yana chempionatning eng yaxshi to'purariga aylanaman. O'zimni xuddi 26 yoshli yigitdek his qilyapman. Mayli juda ko'pirtirib yubordim. 30 desam bo'lar. Ammo barcha gollarimni jamoam tufayli urdim. Agar A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'lsam, jamoadoshlarimga nimadur sovg'a qilishimga to'g'ri keladi.
"Verona"da qolishimni bilmayman. Bu shaharni va muxlislarni yaxshi ko'raman, ammo jamoaga keladigan yangi futbolchilar, klubni yoshartiradi" - deydi Toni.
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar