Toni Kroos: "Yirik hisobda g'alaba qozonish yoqimli"
17 sen 2014 23:56
Yangiliklar
Toni Kroos: "Yirik hisobda g'alaba qozonish yoqimli"
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "Bazel" ustidan qozonilgan g'alabadan xursand ekanligini bildirdi.
Yirik hisobda g'alaba qozonish yoqimli. "Bazel" darvozasini yana ishg'ol etishimiz mumkin edi. Buning uchun yana vaziyatlar paydo bo'lgandi. CHempionlar ligasini uch ochko bilan boshlash muhim. Men o'z o'yinimga baho berishni yoqtirmayman. Butun jamoa zo'r o'ynadi. Katta jamoalarda o'ynab ketma-ket mag'lubiyatga uchrasang bu juda ranjitadi. Bu Ispaniyada Germaniyadan ko'ra ko'proq seziladi. Ispaniyadagi odamlar juda hissiyotli hisoblanishadi. Lekin biz etarli tajribaga egamiz. Buni engib o'tish qo'limizdan keladi.
Fikrlar