Toni: "Jezus Ronaldu uchun ideal sherik"
21 mar 2020 14:34
Yangiliklar
Toni: "Jezus Ronaldu uchun ideal sherik"
Italiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Luka Toni "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu uchun hujumdagi ideal sherik haqida gapirdi.
"Gabriel Jezus. Tezkor, texnikaga ega, Krishtianuga yordamchilar kerak. Uning o'zi haqiqiy forvard hisoblanmaydi, ammo braziliyalik Ronaldu uchun eng mos sheriklardan bo'lardi.
Krishtianuning o'zi haqiqiy markaziy hujumchi emas, ammo u eng ko'p gol uradigan o'yinchi. Keynni 30 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi forvard deb hisoblayman, u ham Ronalduga juda mos kelardi.
Ammo, Jezus bu rolni yaxshiroq bajara oladi. U ham ko'p gollar uradi, jamoadoshlari uchun hudud yaratadi va u atigi 22 yoshda", - deydi Toni.
Jezus joriy mavsum APLda 24ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar