Tomas Tuxel norozi muxlislarga murojaat qildi
16 okt 2024 20:02
Yangiliklar
Tomas Tuxel norozi muxlislarga murojaat qildi
Angliya termasining yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel muxlislarning noroziligi haqida gapirdi.
"Pasportim Germaniyaniki ekanligidan afsusdaman. Lekin muxlislar bilishi kerakki, men APL va Angliyani sevaman. Bu erda yashash menga yoqadi.
Umid qilamanki, Angliya termasi bosh murabbiyi bo'lish men uchun faxrli bo'lishini ularga namoyish qilib beraman. Bu davlatga va o'z ishimga qattiq hurmat bilan qarayman", - dedi Tomas Tuxel.
Malumot uchun, Tuxel Angliya termasi tarixidagi uchinchi xorijlik murabbiy hisoblanadi. Bunga qadar 2001-2006 yillar davomida 67 o'yinda Sven-Goran Eriksson, 2008-2012 yillarda 42 o'yinda Fabio Kapello termani boshqargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar