Tomas Parti "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytiradi va tovon puli 100 mln evroga yaqin bo'ladi
16 iyu 2020 13:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581638_original.jpg)
![](/upload/storage/581638_220.jpg)
Tomas Parti "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytiradi va tovon puli 100 mln evroga yaqin bo'ladi
"Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Parti Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.
Klub rahbariyati xavbekning hozirgi maoshini haftasiga 130ming funtga oshirishmoqchi va tovon pulini 87,2 million funt (100 million evroga yaqin) etib belgilamoqchi.
Ayni damda Partining shartnomasida uni 43 million funt evaziga xarid qilish borasidagi band bor.
Ganalik o'yinchining "Atletiko" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Xabarlarga ko'ra, 27 yoshli yarim himoyachi Madridda qolishga qaror qilgan va shartnomani uzaytirish borasidagi bitim yaqin kunlarda yakunlanadi.
Oldinroq, Partining "Arsenal"ga o'tishi haqida xabarlar yangragan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar