Tomas Myuller: “Real”ning ojiz nuqtasi - gollar
01 may 2018 07:55
Yangiliklar


Tomas Myuller: “Real”ning ojiz nuqtasi - gollar
“Bavariya” azosi Tomas Myuller “Real”ga qarshi bo'lib o'tadigan javob uchrashuvi oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
“O'tgan yil hamma nima bo'lganini biladi. “Real” ikki marta o'yindan tashqari holatdan gol urgandi. Endi esa “Yuventus” bilan penalti... O'yin harorati hakamlarga tasir qilmasligi kerak. Bor etiborimizni o'yinga qaratishimiz lozim, chunki bosim, xayajonni, xayajon esa xatolarni olib keladi. Birinchi o'yinni o'rganib chiqdik va qay tarzda o'ynashni bilib oldik. Imkoniyatlardan foydalanish kerak. “Real”ning ojiz nuqtasi gollardir”, — dedi Tomas Myuller.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar