Tomas Myuller: "Murabbiy "Roma"ning kuchsiz jihatlarini aytib bergandi"
22 okt 2014 22:57
Yangiliklar


Tomas Myuller: "Murabbiy "Roma"ning kuchsiz jihatlarini aytib bergandi"
"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller "Roma" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Birinchi bo'limni ideal tarzda o'tkazdik. Har taraflama raqibdan ustunlik qildik. Maydonda yuzaga kelgan bo'sh zonalardan unumli foydalandik. Murabbiy bizga "Roma"ning kuchsiz jihatlari haqida aytib bergandi. Biz bu ko'rsatmalarni maydonda bajardik va ijobiy natijaga erishdik. Hamma rejamiz ish berdi. Qo'lga kiritlgan ajoyib g'alabadan esa xursandmiz.

Fikrlar