So’nggi yangiliklar

17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  2 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  17 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1

Tomas Myuller: “Ikkinchi bo'lishdan hech qachon xursand bo'lmaganman” Yangiliklar

Tomas Myuller: “Ikkinchi bo'lishdan hech qachon xursand bo'lmaganman”

“Bavariya” yarim himoyachisi Tomas Myuller bundesliganing rasmiy jurnali muxbiri bilan suhbatlashdi.
Bunda u o'zi bilan familiyadosh bo'lgan afsonaviy futbolchi qo'l ostida mashg'uloti, bavarcha mentalitet, Gvardiola bilan ishlashi to'g'risida to'xtalib o'tdi.

– Ko'pchilik gol urish qobiliyatingizni germaniyalik buyuk to'purarlardan biri Gerd Myuller bilan taqqoslaydi. Kam sonli odamgina u sizning murabbiyingiz bo'lganini biladi.
– Ha, bu haqiqat. “Bavariya” yoshlar jamoasi uchun o'ynaganimda Gerd murabbiy Xermann Gerlandning yordamchisi edi. Hamisha yaxshi chiqishardik. U hujumchilar uchun mashqlar o'tkazardi. U bizga to'pni boshqarish, qaerga tepish va tanani burish kabi jihatlar borasida maslahatlar berardi. U harakatlari yozilgan lavhalarni hech qachon ko'rsatmasdi. Lekin men barchasini ko'rganman: “Bavariya” uchun 1974 yil CHempionlar Kubogida urgan ajoyib gollari, shuningdek, yiqilayotgan holda tanasining turli qismlari bilan kiritgan to'plarini ham.



– Bolalikdan to'purar hujumchi bo'lgansiz. 9 yoshda mavsumda “Pal” jamoasi uchun 120ta gol urganingiz haqida gaplar yuradi. Qachon professional futbolchi bo'lishingiz mumkinligini tushunib etgansiz?
– O'sha mavsumdan keyin “Bavariya”ga o'tganman. Biroq aniq bir vaziyatni ajratishim qiyin. Germaniyaning 15 yoshgacha bo'lgan terma jamoasiga chaqirilganim qanday katta qadam bo'lganini yaxshi eslayman. Klubda hamisha gol urardim, biroq terma jamoada barqaror o'ynamasdim. Maktab bilan band edim, tanam to'liq tayyor emasdi. Meni bunday faoliyat kutib turganini taxmin qilolmasdim. Yoshligingda rejani har bir yilga tuzib borasan. Faqat yoshlar jamoasi saviyasiga etib kelganingda professional o'yinchi bo'lish haqida o'ylash mumkin. Professional bo'lish va “Bavariya”da o'ynash boshqa-boshqa narsalardir. Men uchun 2009-10 yilgi mavsum va JARdagi jahon chempionati o'zgarish pallasi bo'ldi. O'shandan keyin yuqori saviyani ushlab qolishim zarur edi. Xato qilish kerak emas. “Bavariya”dagi bir yaxshi mavsum seni umrbod jamoa futbolchisi qilib qo'ymaydi.

– Siz Myunxendan janubda tug'ilgansiz. Haqiqiy bavar uchun “Bavariya”da o'ynash boshqacha narsami?

– Men uchun – ha. Birinchidan, men shu hududda tug'ilganman. Ikkinchidan, bolaligimdan “Bavariya”ga muxlislik qilganman. “Pal”ni hisobga olmaganda faqat shu jamoada o'ynaganman. Futbolda bazi narsalarni tushuna boshlaganimdan keyin ushbu klub birinchi raqamli maqsadga aylangan. U hammadan ko'p sovrinlarni yutgandi. Futbolda asosiysi ochkolar, sovrinlar va pul bo'lsa ham, “Bavariya” hech qachon insoniylik jihatlar to'g'risida unutmagan.

– Bu bilan nima demoqchisiz?

– Masalan, kelajagini aniqlab olmagan futbolchilarga g'amxo'rlik. Yoshlar jamoalarida ko'rganman. Kelajagi haqida bir qarorga kelmagan bolalar bor edi, keyin ular jarohat olib, barchasi yanada yomon ko'rinish olgan. Klub bundaylardan shunchaki voz kechmasdi. Ular bilan shartnomani uzaytirardi, tiklanishi uchun vaqt berardi. Imkoniyat berilardi. Ko'chaga chiqarib qo'ymasdi. Bazida biz moliyaviy muammolarga duch kelgan klublarga o'rtoqlik uchrashuvlari o'ynash orqali yordam beramiz.

Bu bizning javobgar bo'lgan hududimiz. Oxirgi yillarda biz jahon darajasidagi klubga aylandik. Lekin har qanday holatda qaerlik ekaningni unutish kerak emas. Bu erda har bir futbolchi yiliga kamida bir marta muxlislar klubi bilan uchrashib, malum vaqtini o'tkazadi. Boshqa jamoalarda bu borligi haqida bilmayman. Hech qachon qelib chiqishing va klubni aynan nima buyuk qilayotgani to'g'risida unutmaslik lozim.

– Bavarlar hayoti bilan tanish bo'lmaganlarga uni qanday tasvirlab berasiz?
– Germaniya ko'plab viloyat va hududlardan tashkil topgan. Ularning o'ziga xos jihatlari mavjud. Bavariya ajoyib tabiati, tog', ko'l va Myunxen shahri bilan mashhur. Haqiqiy bavariyalik uchun jahondagi boshqalarga kulguli ko'rinadigan kiyim sanalgan “lederxoze” (terili ishton)ni kiyish uyat emas. U qaerlik ekanini yaxshi biladi va buni qadrlaydi.



– “Bavariya” ishqibozi bo'lganingiz haqida gapirdingiz. Yoshlikda kimlarni kuzatib borardingiz?
– UEFA Kubogini 1996 yil yutgan jamoani eslayman: Yurgen Klinsmann, Lotar Matteus. 1997 yil Jovanni Trapattoni murabbiy bo'lgach, bu yog'iga doimoy tarzda kuzatib borganman.

– CHempionlar ligasining 1999 yilgi mashhur finalidan qanday xotira qolgan?
– Bu meni chetlab o'tgan. O'shanda oilam bilan Italiyada dam olishda edik. O'yinni ko'rdik va tugashiga 10 daqiqa qolganda turgan joyimizga qarab jo'nadik. Etib borganimizda esa fojeani bildik. Yodimda “Bavariya”ning 2001 yil qanday g'alaba qozongani qolgan. O'sha uchrashuvni bobomning uyidagi ayvonda ko'rgandik. 40 yoki 50 kishi. Penaltilar boshlanguncha kech tushib, futbolchiga qiziqmaydigan qo'shnilar uxlashga yotishgandi. Ularni uyg'otishga to'g'ri kelgan! O'sha kech “Bavariya” muxlisi sifatida sovrin qo'lga kiritilganini his qilish boshqacha bo'lgan. Buni o'zim CHempionlar ligasi yoki jahon chempionatini yutish bilan ham solishtirib bo'lmaydi.

– Qanday qilib bunday bo'lishi mumkin?
– O'yinchi sifatida bunday vaziyatga o'zingni yil mobaynida tayyorlab borasan. “Bavariya” yoki Germaniya terma jamoasi o'ynaganda sovrinlar tiniq osmondan bo'ron kabi kelmaydi. Ishtiyoq va intilish o'yinni yutishga qaratilgan bo'ladi. Yakunda barchasi o'zing kutgandek bo'ladi. Bunda barcha hissiyotni sezishga vaqt bo'lmaydi. Muxlis sifatida esa ko'proq hissiyotli bo'lasan, chunki o'yinga tasir o'tkaza olmaysan. Faqat qayg'urish qoladi xolos.



– “Bavariya” uchun g'alaba kutilmagan emas, balki majburiydir.

– To'g'ri. Faqat birinchi o'rin tan olinadi. Bu erda hamisha shunday bo'lgan va bu men uchun odatiy holdir. Ikkinchi bo'lib xursandchilikdan sakramaganman. G'alaba qozonish shartligi bizga bazi muammolarni keltiradi. Yilda shunchaki 2 o'yinni oddiy yuta olamiz. Boshqa bellashuvlarda talabga yarasha javob berishimiz lozim. Bu bizning aybimiz. CHunki so'nggi yillarda juda yuqori saviyaga chiqib bordik.

– Bunday qiyin bosimni qanday engib o'tasiz?
– Bo'sh vaqtimda ot sporti bilan shug'ullanaman. Rafiqam yirik musobaqalarda qatnashadi. Bu umuman boshqa olam. Otlar, tabiat, itlar. Erkin bo'lasan, mo'ljal ostida emas. Keyingi raqib o'rniga boshqa xayollarga berilasan.

– Qo'lga kiritilgan g'alabalar tajribasi keyingilariga erishishda yordam beradimi?
– Kamroq asabiylashishni boshlaysan, chunki finalda o'ynash va uni yutish nimaligini bilasan. Lekin aynan bir vaqtda yuqori holatga chiqishni baribir boshqara olmaysan. Kichik jihat ham barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. 15 nafar eng aqlli olim ham bir erda ideal formulani tuza olmasligi mumkin.



– Gvardiola qo'l ostida o'syapsizmi?
– Aniq. Biz ikkinchi mavsum birga ishlayapmiz. Uni va mashg'ulotlarini yaxshiroq bilyapmiz. Nimani qachon va qaerda xohlashini tushunamiz. U bizdan to'liq etiborni talab qiladi. Unda reja mavjud, lekin o'yin boshlangandan keyin 10 daqiqada bu foyda bermasa, uni darrov uloqtirib yubormaydi. Uning asosiy kuchi shunda. Gvardiola yaxshi murabbiy, asosiy tarkibni shunchaki doskaga yozib qo'ymaydi. O'yinni ko'rib, keyin devorni yorib o'tishni xohlaydi. U uchrashuv davomida unda ishtirok etish va yordam berishni istaydi.

– Unga qarashlariga to'g'ri keladigan jamoa zarur.
– Lui van Gal ham shunday bo'lgandi, juda talabchan edi. Pep shunday ishlayaptiki, tarkibdan ikki futbolchi olib qo'yilganda ham uslub o'zgarmasligi kerak. Har bir futbolchi qaysi poziciyada nimalarni qilish zarurligini yaxshi biladi. Har bir o'yinchida uchrashuvning borishiga tasir qiladigan kuchli va kuchsiz tomonlari bo'ladi. Bizda 20 nafar yuqori saviyadagi ijrochi mavjud. Ularning barchasi tizim qanday ishlayotganini yaxshi biladi. Gvardiola bazi narsalarni qayta ko'rib chiqishi mumkin, lekin hech kim o'yindan chiqib qolayotgandek taassurot qoldirmaydi. Pepning yutug'i mana shunda.


Behzod NAZAROV tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика