Tomas Myuller: “Agar bu termadagi oxirgi o'yinim bo'lsa, undan rohatlandim”
02 dek 2022 09:00
Yangiliklar
Tomas Myuller: “Agar bu termadagi oxirgi o'yinim bo'lsa, undan rohatlandim”
JCH-2022 guruh bosqich oxirgi turida Germaniya TJ 4:2 hisobida Kosta-Rikani engdi, ammo qatorasiga ikkinchi mundialni guruh bosqichidayoq tugatdi.
“Agar bu mening termadagi so'nggi o'yinim bo'lsa, u holda men undan rohatlandim. Birgalikda aql bovar qilmaydigan lahzalardan boshdan o'tkazdik.
Har bir o'yinda borimni maydonda qoldirish intildim. Buni mehr-muhabbat ila qildim”, deydi Tomas Myuller.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2010 yildan beri Germaniya TJ sharafini himoya qilib keladi. U jamoa bilan 2014 yilgi JCHda g'olib bo'lgan va 2010 yil bronza medalini qo'lga kiritgan. SHuningdek, uning hisobida Evrodagi 2 ta bronza (2012, 2016) ham bor.
Fikrlar