So’nggi yangiliklar

00:38Саудия Арабистони. "Ал Насср" муҳим ўйинда ғалабага эришди, 70 миллионлик Дуран баҳс тақдирини ҳал қилди  1 00:15Коло-Муани "Ювентус"га ўтишига ким кўндирганини айтди  0 23:56Европа лигаси. "Порту" - "Рома" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  3 23:45"Барселона" 5 ҳужумчи номзодини кўрмоқда  2 23:23Жоау Канселу: "Гвардиола - даҳо"  7 22:44"Ювентус" собиқ футболчисига 6 ойлик шартли қамоқ жазоси берилди  2 22:13Офсайдни аниқлашнинг ярим автоматик тизими Англия футболига ҳам кириб бормоқда  0 21:50ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  12 21:13"Андижон" назорат ўйинида "Шахтёр"ни енгди  8 20:49"Сурхон" Туркия йиғинини ғалаба билан якунлади  0 20:31"Андижон" "Бобур Арена"ни ОЧЛга тайёрламоқда  9 20:02"Мен "Манчестер Юнайтед"га умуман мухлислик қилмайман" — Рой Кин  7 19:39Мерсон: "Реал" "Манчестер Сити"ни пичоқни мойдан ўтказгандек кесиб юборади"  22 19:18Марушичнинг дубли "Нефтчи"га Грузия жамоаси устидан ғалаба келтирди. Учрашувда ўзбекистонлик ҳакамлар ва VAR ишлади  8 18:52Дунёнинг энг қиммат ҳимоячисига айланиши кутилаётган Салиба "Реал"га ўтишга рози  14

Tomas Duli: "O'zbekiston guruhdagi eng kuchli jamoa" Yangiliklar

Tomas Duli: "O'zbekiston guruhdagi eng kuchli jamoa"

Teglar :  Tomas DuliFilippin
O'zbekiston - Filippin uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Tomas Duli qatnashdi.

"Barchaga hayrli kun. Bu erda ekanligimdan xursandman. Ajoyib ob havo, ajoyib stadion. Yaxshi sharoitlar, tarkibimizda ozgina muammolar bor. Lekin shunga qaramay ertaga yaxshi o'yin ko'rsatishga urinamiz", - Tomas Duli.

"Ertangi uchrashuvda bor kuchimiz harakat qilamiz va g'alaba uchun kurashamiz", - deydi futbolchi Xuan Guirado.

- Toshkentga barcha etakchi futbolchilarni olib kela oldingizmi?

- Yo'qotishlar bor. Lekin etakchilarning o'rnini bosa oladigan futbolchilarimiz bor. Ertaga ularga ishonch bildiraman.

- O'zbekistonga qarshi bahsda qanday natijaga umid qilasiz?

- Men odatda orzu qiladigan emas realist insonman. O'zbekiston guruhdagi eng kuchli jamoa. Guruhimiz ham juda kuchli hisoblanadi. Har bir o'yinichimiz ertaga bor imkoniyatini ishga soladi. 24 soat davomida KXDRga uchdik, Bahraynga 20 soat parvoz qildik. Ertaga yutamiz deb vada bera olmayman. Lekin oxirigacha kurashamiz.


- Siz bugun "Biz ishonamiz" ("We Believe") deb yozilgan futbolkada keldingiz. Nimaga ishonasiz?

- Biz ishonamizki Filippin kelajakda Osiyoda futboli rivojlangan mamlakat bo'lishiga ishonaman. Filippin aholisi hali juda ham yosh. Bu erda futbol rivojlanib bormoqda. Ayni paytda basketbol eng ommabop sport turi. Lekin unda barcha o'ynay olmaydi. Futbolda esa bo'ying baland, gavdang katta bo'lishi shart emas. 70 foizdan ortiq aholimiz kambag'allikda yashamoqda. Futbol orqali jahonga chiqishga va Filippin mamlakati o'zini ko'rsatishga ishonaman. Bundan tashqari yaqin orada ilk bor Osiyo Kubogiga chiqishga urinamiz. 2022 yilgi Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralashida yanada yaxshi qatnashmoqchimiz. 

- O'zbekiston terma jamoasini guruhdagi eng kuchli raqib deb atadingiz. O'zbekistonning kuchi aynan nimada?

-  O'zbekiston barcha jabhada jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik borasida Osiyoda ko'plab jamoalardan ustun. FIFA reytingi o'zidan o'zi bunday tuzilmaydi. Bunga o'ziga xos sabab bor. Filippindagi o'yinni olsak, 1:5 hisobidagi mag'lubiyat men uchun katta syurpriz bo'lgan. Tezkor gol o'tkazib yuborganimizda barcha rejalarimiz buzilib ketdi, ikkinchi golni o'tkazganimizdan keyin kuchli raqibga qarshi bahsda o'zingizga kelib olish juda qiyin bo'ladi. O'zbekistonda Ukraina, Rossiya va boshqa ligalarda o'ynaydigan futbolchilar bor. Bizda bunday katta futbolchilar yo'q.

- O'zbekistonning kuchsiz jihatlari bormi?

- O'zbekistonning kuchsiz jihatlari bor lekin ulardan foydalanish juda qiyin. Agar biz Germaniya terma jamoasi bo'lganimizda kuchsiz tomonlaridan foydalangan bo'lardik. Ammo futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Germaniya Braziliyani 7:1 hisobida enggani bunga yaqqol misol.O'zbekiston terma jamoasi Filippinda juda qiyin sharoitda o'ynagandi. Bizning iqlimimiz bunday emas. Ertaga ajoyib havoda futbol o'ynaymiz.

- Ko'p futbolchilar yo'qligini inobatga olsak jamoadagi kayfiyat qanday?

Xuan Guirado: - Tayyorgarlik va kayfiyat juda yaxshi. O'yinga to'liq tayyormiz. Jamoadagi qolgan futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga urinishadi. 

Ertangi o'yinda imkoniyat boricha o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Bizning imkoniyatlarimiz judayam past. Ammo aytganimdek futbolda har narsa bo'lishi mumkin. O'zbekistonning ishini qiyinlashtirmoqchimiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика