So’nggi yangiliklar

09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0

Toma-toma ko'l bo'lur. Farg'onada bo'lib o'tgan "Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvi haqida (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Toma-toma ko'l bo'lur. Farg'onada bo'lib o'tgan "Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvi haqida (Bekzod Tolibov blogi)

Vitaliy Levchenkoni o'yinning har bir daqiqasigacha hisob-kitobi bor murabbiy ekanini avval ham aytgandim.

 Kecha Farg'onada bo'lib o'tgan "Neftchi" - "Nasaf" to'qnashuvida ham ayni fikrlar o'z isbotini topdi.

"Istiqlol"da ketma-ket ikki haftadan buyon futbol muhiti hukmron. O'tgan haftada "Navbahor" kelgandi, kecha "Nasaf" mehmon bo'ldi, ikkisi ham peshqadamlar, nomdor va sovrindor jamoalar. Kechagi o'yinga borar ekanman, futbol muxlislari oqimi sabab shahar ko'chalarida tirbandliklar yuzaga kelgandi. Stadion atrofida ayni futbol, bayramona kayfiyat ko'zga tashlanadi. To'g'risi, o'sha shonli "Neftchi" davridagidek muhit Farg'onaga yana qaytdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan har ikki jamoa oldinga tashlandi, bir qarashda futbol muxlislari bugun hujumkor va ochiq futbol guvohiga aylanishlarini sezish qiyin emasdi. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi, "Neftchi"da ham, "Nasaf"da ham vaziyatlar bo'ldi. Masalan, bo'lim so'ngida darvozabon boshlab bergan hujumdan so'ng Umar Adhamzoda jarima yorib kirdi, zarba berdi, to'p Toma Tabatadzega tekkan xolda maydonni tark etdi. O'sha vaziyatda qaysidir muxlis Tomadan hafa ham bo'lgandir, biroq oldindagi voqeliklar gruziyalik hujumchini o'yin qahramoniga aylantirishini hech kim bilmasdi. Birinchi bo'limda har ikki tomon darvozalari daxlsiz qoldi - 0:0.




Uchrashuvning ikkinchi bo'limi ham kutilganidek jamoalarning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. 50-daqiqada "Nasaf" futbolchisi o'z jarima maydonida to'pni qo'li bilan o'ynab yuborgandek ko'rindi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev dastlab ushbu vaziyatga etibor qaratmadi. SHundan so'ng VAR tizimi ishga tushdi va jarayon qaytadan ko'rib chiqilgach, "Nasaf" darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik nuqtadan Toma Tabatadze aniq zarba yo'lladi, hisobni ochdi - 1:0. "Istiqlol" muxlislarning xayqiriqlari bilan to'lib-toshdi.

Gol o'tkazib yuborganidan so'ng qarshiliklar o'yindagi hujumkorlikni oshirishdi. Bu esa tezda o'z natijasini ko'rsatdi, zaxiradan o'yinga qo'shilganiga atigi 35 soniya bo'lgan hujumchi Azizbek Amonov jarima maydoni ichkarisida aniq zarba yo'llab, hisobni tenglashtirdi - 1:1. Bu balki Superliga joriy mavsumida eng tezkor gol urish bo'yicha rekorddir, davomini yana ko'ramiz. O'yinda muvozanat tiklanganidan so'ng har ikki jamoa g'alaba golini urish uchun jiddiy ishga kirishdi. Ro'ziqul Berdievning ko'rsatmasiga ko'ra, "Nasaf"ning to'purar himoyachisi Husniddin Aliqulov standart vaziyatlarda hujumga etib borayotgani ko'zga tashlandi. Bu orada esa ancha muddat gol bo'lmadi, o'yin ayni hisob bilan yakuniga etadigandek edi go'yo. Biroq, "Neftchi"ning gruziyalik legioneri Toma Tabatadzening aytar so'zlari bor ekan, biz hali buni bilmasdik. 84-daqiqada mezbonlar foydasiga jarima zarbasi belgilandi, Toma ushbu vaziyatda "Nasaf" darvozasi tomon "o'q uzdi", zarba deyarli qaytarib bo'lmas darajada edi. Yakun gol bilan tugadi, "Istiqlol"da yana olis-olislardan ham eshitiladigan muxlislar hayqirig'i yangradi. O'yin shu tariqa hisob-kitobli murabbiy Vitaliy Levchenko shogirdlarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.



Futbol o'zi shunaqa o'yin, mag'lubiyat va g'alaba yonma-yon yuradi. Masalan, Qarshida bo'lib o'tgan "Nasaf" - "Turon" uchrashuvining so'ngi daqiqasida Xusniddin Aliqulov g'alaba golini kiritganida mahalliy muxlislar qanchalik zavqlanishgandi? Kecha "Istiqlol"ga tashrif buyurgan muxlislar ham "Neftchi" g'alaba golini urganida ayni shunaqa tuyg'uni his qilishdi.

Uchrashuv qahramoni shubhasiz Toma Tabatadze bo'ldi. Gruziyalik legionerning ismidan kelib chiqib, Xayrulla aka Hamidov o'yin sharhi davomida o'zbek xalq maqolini vaziyatga ajoyib tarzda moslashtirdi. "Toma-toma ko'l bo'lur" iborasi bu chindan ham kechagi uchrashuv scenariysiga zo'r tushdi. Kechagi g'alabadan so'ng "Neftchi" Superliga joriy mavsumida birinchi davrasini mag'lubiyatsiz yakunlagan yagona jamoaga aylandi.



Bekzod Tolibov

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика