So’nggi yangiliklar

02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  2 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  0 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  17 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  5 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  4 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  1 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  6 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0

Tolibjonov NFF va “Navbahor” rahbariyati bilan uchrashdi Yangiliklar

Tolibjonov NFF va “Navbahor” rahbariyati bilan uchrashdi

O'FF terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov va markaz maslahatchisi Vyacheslav Soloxo Namanganga tashrif buyurib, viloyat futbol federaciyasi va “Navbahor” futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi.

Namangandagi “Markaziy” o'yingohning anjumanlar zalida bo'lib o'tgan uchrashuvda markaz vakillaridan tashqari Namangan viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev, “Navbahor” futbol klubi direktori G'anisher Ismoilov, jamoa bosh murabbiyi Rashid G'ofurov, jamoa shifokori Bahodir Abdug'aniev, NFF selekcioener murabbiyi Azam Rajabbaevlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov turli yoshdagi terma jamoalarimiz oldiga yuqori vazifalar qo'yilayotganligini takidlab o'tdi. Yani har bir yoshdagi terma jamoalar oldiga jahon chempionatlari yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilayotganligini aytib, bu borada nafaqat terma jamoalarda faoliyat ko'rsatayotgan murabbiylar, balki viloyatlarda bevosita futbol sohasida ish yuritayotgan mutaxassislarni ham masul ekanliklarini etirof etdi. SHu sababli, viloyatlarda va klublarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar joylardagi iqtidor egalarini topishda va ularni markazga tavsiya qilish muhim ekanligini alohida takidladi.

Tolibjonov sog'lom bo'lishi ham muhim ekanligini aytib, shifokorlarni bunda o'z vazifalariga masuliyat bilan yondoshish lozimligini aytib, futbolchilarni to'g'ri tarzda davolanishini ham nazorat ostiga olib, futbol maktablarida shug'ullanayotgan yosh futbolchilarni ota-onalariga ham tushuntirish kerakligini takidladi. Markaz rahbari klublar va terma jamoalar markazi bilan hamkorlikda ish yuritishni taklif etib, terma jamoalarga nomzod futbolchilar mashg'ulot yoki o'yin paytida jarohat oladigan bo'lsa markaz tomonidan sog'lig'ini tiklash markaz tomonidan bepul tarzda taqdim etilishini aytib o'tdi. SHuningdek, 1999 yilda tug'ilgan yoshlar bilan ishlaydigan murabbiylar ro'yxti berilsa terma jamoa murabbiylari bilan tajriba almashish taklifini berib, murabbiylarni terma jamoa muhiti bilan tanishib, malaka oshirib qaytishlari uchun markaz tomonidan sharoit yaratib berilishini bildirdi.

Mehmonlar Namanganga amalga oshirgan safarlari chog'ida, Namangandagi “Markaziy” o'yingohni ko'zdan kechirib, “Navbahor” jamoasi azolari istiqomat qilayotgan klub qarorgohini ham ko'zdan kechirishdi. Tashrif yakuniy qismida mehmonlar bir piyola choyga taklif etilishdi. SHundan so'ng Tolibjonov boshchiligidagi markaz vakillari vodiy safarini davom ettirish maqsadida qo'shni viloyatlar sari yuzlanishdi.

 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика