Tokio shahar terma jamoasi “Bunyodkor” mehmoni bo'ldi
25 mar 2024 10:01
Yangiliklar
Tokio shahar terma jamoasi “Bunyodkor” mehmoni bo'ldi
SHu kunlarda Tokio o'smirlar terma jamoasi O'zbekistonda mehmon bo'lib turishibdi.
Jumladan, “kun chiqar yurt” vakillari o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish maqsadida Toshkentga tashrif buyurdi.
Kuni kecha ular “Bunyodkor” futbol Akademiyasining 2007 va 2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar jamoalari bilan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi. Bo'lajak bahs oldidan yaponiyalik o'smirlar “Bunyodkor” futbol klubining muzeyini ko'zdan kechirishdi. SHuningdek, futbol maydonida suratga tushishdi. “Bunyodkor” futbol Akademiyasi rahbariyati va Tokio shahar o'smirlar terma jamoasi vakillari o'rtasida o'zaro suhbat bo'lib o'tdi.
Endi qisqacha yakuniga etgan bahs xususida to'xtalsak: Keskin va murosasiz kechgan har ikkala qarama-qarshilikda ham yaponiyalik yosh futbolchilar bir xil 1:0 hisobida zafar quchishdi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar