So’nggi yangiliklar

00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  3 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  9 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  4 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  17 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  6 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0 19:39Рамос: "Беш йилдан кейин Мбаппе 4-5 та "Олтин тўп"га эга бўлади"  14 19:15Ди Мария: "Бока Хуниорс" мухлисларининг ҳуштакбозлиги? Бу – футбол, ҳаммасини тушунамиз"  1 18:48Фаластинлик футболчи Исроил ҳужуми оқибатида ҳалок бўлди  15 18:21Роналду Трампга дастхати туширилган либосини ҳадя қилди  14

Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi futbolchisi "Lokomotiv" shifokorlari yordamida jarohatidan forig' bo'ldi Yangiliklar

Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi futbolchisi "Lokomotiv" shifokorlari yordamida jarohatidan forig' bo'ldi

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" futbol klubi shifokori Abror Pirriev o'z telegram sahifasida tojikistonlik futbolchini "temiryo'lchilar" shifokorlari davolagani haqida yozdi.

"Sportimiz tibbiyotidagi eng dolzarb muammo – jarohatdan keyin malakali reabilitaciya o'tash tizimi yo'qligi!

Hali-hanuz tayinli reabilitaciya markazi va mutaxassislar yo'qligi sabab jarohat olgan professionallar safga qaytish uchun chet ellarda klinika va mutaxassis qidirib sarson; qo'shni davlat sportchilarida ham shu muammo. 

Jarohat olgan futbolchilarini Evropadagi klinikalarga yuborishni odat qilgan tojiklarning chempion klubi "Istiqlol" bu gal boshqacha qarorga keldi. Klub o'zining asosiy tarkib futbolchisi, terma jamoa azosi, jarohatdan keyin jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan oyog'idagi tibbiy muammodan forig' bo'la olmayotgan Iskandar Jalilov reabilitaciyasini Toshkentda o'tkazish uchun "Lokomotiv" klubi va kaminaga iltimos bilan chiqishdi. 2 haftalik kompleks muolajalar pirovardida jarohatdan buyon odatiy yurishga qiynalayotgan Iskandar maydondagi mashg'ulotlarga tayyor holatga keldi.

Bir orzuim bor – nafaqat o'zimizning, balki bizga qo'shni barcha o'lka sportchilari faqat bizda reabilitaciya o'ta olish imkoni bo'lgan markaz yaratish", - deb yozdi u o'z sahifasida.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика