So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  3 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Tojikistonning 8 karra chempioni "Istiqlol" haqida Yangiliklar

Tojikistonning 8 karra chempioni "Istiqlol" haqida

Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida O'zbekiston vice-chempioni, Toshkentning "Lokomotiv" klubi Tojikistonning amaldagi chempioni va Kubogi sohibi "Istiqlol" klubi bilan o'ynaydi.

Dushanbening "Istiqlol" klubi 2019 yilgi mavsumni 21ta o'yinda 51 ochko to'plab, chempionlikka erishdi. Jamoa oxirgi olti yilda Tojikiston chempionligini hech kimga bermay kelmoqda.

Mazkur klub Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida hech qachon ishtirok etmagan. OFK kubogida esa 2015 va 2017 yillarda finalga qadar etib borgan.

"Istiqlol" 2019 yil Tojikiston kubogi finalida "Regar-TadAz" klubi bilan to'qnash kelgan. Asosiy va qo'shimcha vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgach g'olib penaltilar seriyasida aniqlangan. Unda 4:2 hisobida zafar quchgan "Istiqlol" sakkizinchi marta mamlakat kubogi sohibiga aylandi. Bu Tojikiston klublari uchun mutlaq rekord hisoblanadi.

Jamoani yaqin kunlarga qadar Alisher To'xtaev boshqarib kelayotgan edi. U bir necha yillardan buyon klubda ishlab kelmoqda va ketma-ket uchinchi marta mavsum o'rtasida jamoa bosh murabbiyiga aylangandi. To'xtaev 2018 yilda Muhsin Muhammadiev, 2019 yilda esa Hakim Fuzaylovning o'rnini egallagan edi. Biroq OFKga topshirilgan zayavkada “Istiqlol” bosh murabbiyi Mubin Ergashev ko'rsatilgan. Yani o'yinga yaqin qolganida Ergashev jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.


Bugungi kunda jamoa yulduzi Alisher Jalilov hisoblanadi. Yarim himoyachi 2019 yilda Tojikiston chempionatida 11ta gol urishga erishdi va Tojikistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Jamoa posboni Rustam Yatimov mamlakatning eng yaxshi darvozaboni, Ehsoni Panshanbe eng yaxshi yarim himoyachisi, SHeriddin Boboev 16ta gol bilan Tojikiston chempionatining eng yaxshi to'purari va eng yaxshi hujumchisi bo'lgan edi.

Ayni paytda "Istiqlol" safida uch nafar legioner bor. Serbiyalik markaziy himoyachi Marko Milichni o'zbekistonlik muxlislar “Qo'qon-1912”dagi o'yinlari orqali yaxshi bilishadi. Bundan tashqari Tojikiston chempioni OCHL uchun rossiyalik Viktor Svejov hamda ukrainalik Oleksey Larinni ro'yxatdan o'tkazgan.

2019 yil boshida "Istiqlol" Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida AGMK bilan o'ynagan edi. Olmaliqda kechgan bahsda "Istiqlol" 3:4 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Dushanbeliklar yangi mavsumga tayyorgarlikni 7 yanvar kuni So'g'd viloyatida boshlashdi. Kuni ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazgan "Istiqlol" 9 yanvar kuni Toshkentda "Qo'qon-1912"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Tojikiston chempioni safida yagona golni Manuchexr Jalilov urdi. "Istiqlol" Toshkentda O'zbekistoni chempioni "Paxtakor" klubi bilan ham o'yin o'tkazishi kerak edi, biroq kuchli qor yoqqani bois jamoalar o'yinni bekor qilishdi.


"ISTIQLOL" (Tojikiston)
Laqabi:
"SHerlar"
Tashkil topgan sana: 2007 yil, noyabr oyi
Uy stadioni: Respublika Markaziy stadioni
Sig'imi: 24000 tomoshabin
Klub prezidenti: SHoxrux Saidzoda
Bosh murabbiy: Mubin Ergashev
Klub rasmiy sayti: fc-istiklol.tj
Texnik homiy: Joma

Sovrinlari
Tojikiston chempioni
- 8 marta
Tojikiston kubogi sohibi - 8 marta
Tojikiston futbol Federaciyasi kubogi sohibi - 4 marta
Tojikiston Superkubogi sohibi - 7 marta
OFK Prezidenti kubogi sohibi - 1 marta


“Istiqlol”ning OCHL-2020 uchun topshirgan zayavkasi

1.Rustam Yatimov
2.Marko Milich (Serbiya)
3.Davlatmir Tabrizi
5.Iskandar Jalilov
6.Zoir Jo'raboev
7.Viktor Svejov (Rossiya)
10.Alisher Jalilov
11.Muhammadjon Rahimov
12.Ziyovuddin Fuzaylov
13.Rustam Soirov
14.SHeriddin Boboev
16.Dilshod Dodoboev
17.Ehsoni Panshanbe
19.Xurshid Jo'raev
21.Oleksey Larin (Ukraina)
23.SHahrom Samiev
25.Saidmuxtor Azimov
26.SHahzod Davlatov
27.Jamshed Rahmonov
28.Salam Ashurmamadov
30.Muhammad Hakimzoda
63.Manuchexr Jalilov
70.SHahrom Sulaymonov
99.Mirsharif Kamolov

Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика