Tojikiston U-20 futbolchisi SHavqat Halimov: "Men o'zbekman"
28 jan 2017 18:29
Yangiliklar
Tojikiston U-20 futbolchisi SHavqat Halimov: "Men o'zbekman"
Vakillarimizning 5:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yindan keyin Tojikiston U-20 terma jamoasi azosi SHavqat Halimov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ochig'i, bugun bunchalik og'ir o'yin bo'lishini kutmagan edik. Biz ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lamiz deb o'ylagan edik, lekin O'zbekiston ham yaxshi o'ynadi.
Jamoamiz yaqindagina tuzilgan, birinchi o'rtoqlik bahsida Qirg'izistonni mag'lub etgan edik. O'zbekistondek kuchli jamoaga qarshi esa bu birinchi bor o'ynashimiz. Jamoangiz kuchli ekan.
Bu bizning ikkinchi yig'inimiz bo'ldi. Birinchisida Qirg'izistonlik tengqurlarimizni ikkala o'yinda ham yutgan edik.
Men va Fayzali Sardorov? Fayzali va men 3-4 yildan buyon o'z chempionatimizda to'p tepamiz. SHuningdek, milliy terma jamoada ham 3 yildan beri o'ynaymiz. Men Tojikistonda tug'ilganman, lekin o'zbekman. Otam o'zbek, onam esa tojik", - deya fikrini yakunladi SHavqat Halimov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar