Tojikiston - U-19 Osiyo chempionatiga chiqqan birinchi jamoa
06 okt 2019 21:15
Yangiliklar


Tojikiston - U-19 Osiyo chempionatiga chiqqan birinchi jamoa
Saralash o'yinlarini o'z maydonida o'tkazgan Tojikiston yoshlar terma jamoasi uchala bahsni ham g'alaba bilan yakunlab birinchi bo'lib Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Tojikistonlik futbolchilar dastlab Maldivni 9:0, so'ngra Livanni 1:0 hisobidla mag'lub etishgandi. Bugun bo'lib o'tgan Suriyaga qarshi bahsda ham 1:0 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritildi. Natijada yon qo'shnilarimiz peshqadam sifatida vazifani uddalashdi.
Qizig'i shundaki, Tojikiston U-19 jamoasi saralash o'yinlarida o'z darvozasidan birorta ham gol o'tkazib yubormadi - 11:0. Guruhda ikkinchi o'rinni Livan egalladi va bu jamoaning Osiyo chempionatiga borish-bormasligi qolgan guruhlarda ham o'yinlar boshlangach malum bo'ladi.
Boshqa guruhlarda saralash bellashuvlari noyabr oyida bo'lib o'tadi.
1-tur. 2 oktyabr
Tojikiston - Maldiv 9:0
Suriya - Livan 1:1
2-tur. 4 okyatbr
Maldiv - Suriya 2:3
Livan - Tojikiston 0:1
3-tur. 6 oktyabr
Livan - Maldiv 2:0
Tojikiston - Suriya 1:0
O’xshash yangiliklar

Fikrlar