Tojikiston klubi prezidenti yillik maoshini koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya qildi
05 may 2020 20:55
Yangiliklar


Tojikiston klubi prezidenti yillik maoshini koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya qildi
Bu haqda, Tojikiston futbol federaciyasi (TFF) rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Istiqlol” (Dushanbe) rahbari hamda TFF ijroiya qo'mitasi azosi SHoxrux Saidzoda o'zining bir yillik maoshini koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya qilishga qaror qilgan.
Klub prezidenti ushbu mablag'ni respublikada pandemiyaning oldini olish uchun tashkil etilgan fond hisob raqamiga o'tkazib berdi.
Avvalroq, koronavirus tufayli Tojikistonda ommaviy tadbirlar va futbol musobaqalari to'xtatilgani haqda xabar bergandik.
5 may holatiga ko'ra, mamlakatda 293 nafar fuqoroda COVID-19 infekciyasi aniqlandi. Ulardan 5 nafari esa olamdan ko'z yumdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar