Tojikiston chempionati. "Istiqlol" "Dushanbe-83"ni ayab o'tirmadi (+turnir jadvali)
08 apr 2020 23:01
Yangiliklar


Tojikiston chempionati. "Istiqlol" "Dushanbe-83"ni ayab o'tirmadi (+turnir jadvali)
Ayni paytda koronavirus sabab ko'plab mamlakatlarda futbol bo'yicha ichki chempionat bahslari to'xtatilgan.
Biroq, qo'shni mamlakat Tojikistonda Oliy liga o'yinlari davom etmoqda. Bugun mazkur musobaqaning birinchi turi nihoyasiga etdi. Turdan o'rin olgan so'nggi bahs "Dushanbe-83" va "Istiqlol" klublari o'rtasida o'tkazildi. Unda mamlakatning amaldagi chempioni raqiblarini ayab o'tirmadi.
Tojikiston chempionati. Oliy liga, 1-tur.
08.04.2020
"Dushanbe-83" – "Istiklol" – 0:7
Gollar: Vaxit Orazsaxedov, 26 (0:1). Manuchexr Djalilov, 31 (0:2). Alisher Djalilov, 46 (0:3). Manuchexr Djalilov, 60 (0:4). Manuchexr Djalilov, 64 (0:5). SHeriddin Boboev, 80 (0:6). SHeriddin Boboev, 90 (0:7).
Mazkur g'alabadan keyin "Istiqlol" musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar