So’nggi yangiliklar

01:58"Ман Сити" Макатини 20+ млн фунтга сотиши мумкин. "Ноттингем" билан келишув сўнгги босқичда  0 01:32"Эвертон" Грилишни ижарадан кейин 50 млн фунтга сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади  0 01:01"Ман Сити" Савионинг кетиши фонида Симонснинг агенти билан алоқада бўлиб турибди. "Челси" ҳам "Лейпциг" хавбеки бўйича музокаралар олиб бормоқда  1 00:49"Тракторсози" — Эрон Суперкубоги соҳиби! Ҳамробеков жамоаси соврин учун курашда Машариповсиз ўйнаган "Истиқлол"ни таслим этди  2 00:44Вадим Абрамов: "Футболни тўғри ўйнаш керак, шунда ҳаммаси жойига тушади"  11 00:34Камолиддин Тожиев: "Барча ўйинларда охиригача курашяпмиз"  6 00:31"Комо" ПСЖ футболчисига қизиқмоқда  0 23:54Виталий Левченко: "Олдинга ҳаракат қилишда давом этамиз"  6 23:15Рўзиқул Бердиев: "Афсуски, натижа биз кутгандек бўлмади"  15 23:05"Ливерпуль" "Брентфорд" етакчисига даъвогар  0 22:27"Атлетико" 22+4 млн евро эвазига италиялик футболчини харид қилди  0 22:02Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Динамо" ва "Пахтакор" муросага келди  76 21:40Эксперт фикри. Мурод Исмоилов: "Нефтчи" чемпионликка катта қадам ташлади, "Насаф" осонликча таслим бўлмаса керак"  12 21:08Про лига. Далер Тухсановнинг дубли "Олимпик-MobiUz"га "ФарДУ" устидан ғалабани тақдим этди  0 21:05Суперлига. "Насаф" мавсумдаги илк мағлубиятини Фарғонада қабул қилиб олди  191

Tohir SHamsitdinov: "Hammadan uzr so'rayman"! Yangiliklar

Tohir SHamsitdinov: "Hammadan uzr so'rayman"!

Janubiy Koreya va O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan o'yinning 87-daqiqasida Tohir SHamsitdinovning harakatlari jahon OAV tomonidan ham keskin tanqidlarga duch keldi.
Kecha Toshkentga qaytgan futbolchi sobiq jamoadoshlari Abdul Aziz Yusupov va Jaloliddin Saidov bilan birga saytimiz ofisiga tashrif buyurdi. Kutilmagan tashrifning maqsadini tushungandek edik.

"Oldingizga kelishdan asosiy maqsad, bo'lib o'tgan ish uchun barcha-barchadan uzr so'rash. Noto'g'ri harakat qildim, nima bo'lgan taqdirda ham o'zimni bosib olishim kerak edi. O'tgan yili BAAda bo'lib o'tgan yig'in chog'ida jarohat olgandim, qiyinchilik bilan davolanganim uchun bo'lsa kerak, o'yin davomida bir necha vaziyatlarda jarohat olgan oyog'imga zarba qabul qildim. Avvalgi jarohatim ko'zimga ko'rinib ketdimi, o'yinda asabiylasha boshladim. Undan keyin harchand urinmaylik, o'yinda tashabbusga erishayotgan bo'lsak-da, ammo omadimiz kelmadi. Jalol "qizil" olganidan so'ng asablarim yanada taranglashdi. O'sha vaziyatga kelsak, sal avvalgi holatning videosini ko'rsatishmagan ekan. 2-raqamdagi himoyachi avvaliga meni bosib ketdi. Keyin turdim va malum soniyalarda nima bo'lganini o'zim ham bilmayman", - deydi SHamsitdinov.

- O'sha vaziyatda o'zingizni ushlashingiz ham mumkinmidi?
- U vaziyatda nima qilganimni o'zim keyin ko'rdim. 4 soniya nima bo'lganini bilmayman. Bir payt jamoamiz shifokori kelib, "Tohir, nima qilding?" deydi, nima deb javob berishni ham bilmayman.

- Ikkita qizil kartochkadan kelib chiqsak, deyarli barcha jamoada tartib-intizom yo'q degan fikrga kelyapti...

- Bu bilan men murabbiyimizning ham yuzini erga qaratib qo'ydim. Birinchi "qizil"da Jalol ancha avval sakrab bo'lgandi. Keyin koreyalik futbolchi kelib boshini tiqdi. Raqibimiz bu erda o'zini xavfga qo'ydi. O'zim haqimda aytdim. Har safar o'yin oldidan murabbiylar shtabi namunali o'yin ko'rsatishimizni aytib kelishadi. Mening harakatim ularning ham shaniga dog' tushirganidan afsusdaman.

- Koreys OAV tomonidan ham keskin tanqidga olinyapsiz...
- Xabarim bor. O'yindan keyin mehmonxonada SHim Sang Minni ko'rib qoldim va unga qo'l berib uzr so'radim. Hamkasbim meni to'g'ri tushungandek bo'ldi.

- SHunga o'xshash harakat uchun Andrey Fyodorov va Nematullo Quttiboev 2 yillik diskvalifikaciyaga uchragan edi. O'FFning chorasiga tayyormisiz?

- Tayyorman! Faqat meni kechirishsa bo'lgani. Buning uchun hammadan kechirim so'rashga tayyorman. Oila boquvchisi sifatida qilgan ishimdan pushaymonman. Men hozir nafaqat terma jamoamizni, balki oilamizni ham qiyin ahvolga solib qo'yganman. Faoliyatimda qaytib bunday ish qilmaslikka vada beraman, undan tashqari bu qilmish ko'zimni ham ochdi.

Ayni paytda O'FF himoyachiga nisbatan qanday chora ko'rganligi to'g'rida yakuniy to'xtamga kelmadi. Bu haqda O'FFning rasmiy sayti chora ko'rilishi bilan bu haqda rasman elon qilinishini aytib o'tgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика