Tohir Madrahimov “Xotira-79”da ish boshladi
23 fev 2015 19:00
Yangiliklar


Tohir Madrahimov “Xotira-79”da ish boshladi
O'tgan mavsum “Navbahor” yoshlar jamoasini boshqargan murabbiy endilikda birinchi liga klubida faoliyat yurita boshladi.
Jamoa boshlig'i SHavkat Ahmedovning saytimizga malum qilishicha, uychiliklarni yangi mavsum Madrahimov tayyorlamoqda. Tabiiyki tarkibda ham bir qator o'zgarishlar mavjud. Ilgari, “Navbahor” va “So'g'diyona”da o'ynagan himoyachi Durbek Umaraliev yig'inda ishtirok etmoqda. Undan tashqari oliy liga havosidan bahramand bo'lgan Temur va Abdulaziz Sultonov ham bugungi kunda “Xotira-79” mashg'ulotlarida ishtirok etayotganini aytish lozim. O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan darvozabon Lochin Dolimov endilikda faoliyatini oliy liga vakili “Andijon”da davom ettiradigan bo'ldi.

Fikrlar