So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  1 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

Tohir Kapadze: “Qo'qon axliga xursandchilik ulashganimizdan juda ham mamnunman” Yangiliklar

Tohir Kapadze: “Qo'qon axliga xursandchilik ulashganimizdan juda ham mamnunman”

"Qo'qon-1912" - "Neftchi" o'yinidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Tohir Kapadze ishtirok etdi.

O'yin to'g'risida gapiradigan bo'lsam, haqiqatdan ham jangavor va yakka kurashlarga boy bo'ldi - deya gap boshladi Tohir Kapadze.

- “Neftchi”ni hammamiz yaxshi bilamiz. Hammamiz uning ishqibozimiz. Unga doim omad tilaymiz.
- Bugun har ikkala jamoa ham faqat g'alaba uchun maydonga chiqqandi. CHunki bu – Kubok o'yini. Unda qaysidir jamoa yutishi kerak edi. Yaratganga shukur, omad bugun biz tomonda bo'ldi.

- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Penaltilar seriyasi bu – lotoreya. Penaltilar seriyasida darvozabonimizning birinch zarbani mahorat ko'rsatib qaytargani va keyinchalik boshqa yigitlarimizning nuqtadan aniq foydalangani bu – yakunda mehnatimiz samarasi bo'ldi.

- Bugun futbolchilarim g'alaba uchun bor kuch va mahoratlarini ishga soldi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildirib qolaman.

- Negaki oliy liga jamoasi bilan ikki taym va qo'shimcha yana ikki bo'lim tengma-teng o'ynash oson ish emas. Jismoniy jihatdan raqibdan kam bo'lganimiz yo'q. Texnik va taktik tomondan ham biz bugun yutqazmadik. Aksincha bazi xollarda ustunlik ko'rsatdik.

- G'alaba bilan butun Qo'qon axliga xursandchilik ulashganimizdan juda ham mamnunman. Bugun ular jon jahdi bilan bizni butun o'yin davomida qo'llab-quvvatlab turdi. Balki bunchalik muxlislarimiz bo'lmaganida bunchalik o'yin ham bo'lishi qiyin edi. Albatta tomoshabinlarimizning ham g'alabaga bo'lgan hissalari katta bo'ldi.

- Futbol bor joyda albatta raqobat bo'ladi. O'ylaymanki Qo'qon futboli ham Farg'ona futbolidan saviya borasida past emas. Qo'qon futboli ham doim viloyatimizning bosh jamoasi “Neftchi” uchun ishlagan. Iqtidorli yoshlarni etkazib bergan. Lekin bugungi kunda ham bizning jamoa oldiga yuqori vazifalar qo'yilgan. Maqsadimiz – oliy ligaga chiqish!

- Bugun jamoamiz uchun juda katta sinov bo'ldi. Haqiqatdan ham derbi bo'ldi. CHempionatda bunday saviyadagi uchrashuvlar kam bo'ladi. Har ikkala jamoa futbolchilari ham bor kuchlarini g'alaba uchun sarfladi. SHuning uchun aytishim mumkinki, bugun Qo'qonda katta futbol bayrami bo'ldi. Qaniyda hamma o'yinlar shunday keskin va yakka kurashlarga boy tarzda kechsa. Tajovuzkor o'yinlar bo'lishini istardik.

- Biz asosiy etiborni avvalo bugungi o'yinga qaratgandik. Keyingi bosqichda endi “Paxtakor” bilan ro'baro' kelamiz. Bu jamoa hozirda oliy liganing peshqadami bo'lib turibdi. O'zbekistonning faxri. Bunday klubning rasmiy ravishda Qo'qonga kelishining o'zi ham katta bayram deb bilaman. CHunki dastlabki bahs o'z maydonimizda bo'ladi. Bizga birinchi navbatda natija emas, eng avvalo “Paxtakor”ga qarshi o'ynab futbolchilarimizning mahoratini oshirish va muxlislarimizga mazmunli o'yin tortiq etish. Bu kabi grand klub bilan o'yinda o'zimizni sinab qo'rish ham foydadan xoli emas. Albatta maydonga chiqqandan keyin faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Bugungidek ishqibozlarimizga bayram ulashishni istaymiz. Ungacha oldimizda chempionat o'yinlari ham turibdi. SHuning uchun bugungi g'alabadan keyin bayramni kamroq qilib, bo'lajak bahslarga tayyorlanishimiz kerak - deydi Kapadze.


Islombek Rustambekov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика