So’nggi yangiliklar

09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  4 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  5 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  2 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  20 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0

Tohir Kapadze: "PFL Kubogidagi ishtirokimizdan ko'nglim to'ldi" Yangiliklar

Tohir Kapadze: "PFL Kubogidagi ishtirokimizdan ko'nglim to'ldi"

"Qo'qon-1912" birinchi bor PFL Kubogida ishtirok etishiga qaramay, jamoa yarim finalga qadar etib bordi.
Bu yil o'z oldiga elitaga chiqishni maqsad qilib qo'yayotgan qo'qonliklar ayrim mutaxassislarda ham yomon taassurot qoldirmadi. Jamoa bugun birinchi liganig yangi vakili Toshkentning Obod jamoasi bilan yarim finalda ro'baru keldi va asosiy daqiqalarda durangga imzo chekib, penaltilar seriyasida raqibga imkoniyatni boy berdi. Bahs poyoniga etgach, "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Tohir Kapadzening o'yin haqida fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Raqib jamoa menda yaxshi taassurot qoldirdi. Tarkibida asosan yoshlar bo'lishiga qaramay, astoydil o'ynashdi. SHogirdlarim esa jismoniy jihatdan biroz charchab qolgandi. CHunki bundan oldin, "NBU-Osiyo"ga qarshi kechgan bahsda ko'p kuch sarf etilgandi. Qolaversa bugungi uchrashuvda ikki nafar asosiy o'yinchimiz  Aleksandr Kritinin bilan Aziz To'xtaboevning o'ynamagani ham bizga birmuncha qiyinlashtirdi. Umuman olganda o'yindan ko'nglim to'ldi. Negaki, asosiy vaqtlarda davrozamizdan to'p o'tkazib yubormadik. Penaltilar seriyasi esa bu  lotoreya. Unda darvozabonga aybni to'nkash yaxshi emas. Yigitlar bor kuchlarini berib o'ynadi. Afsuski finalga chiqa olmadik.

Lekin bundan ortiqcha tashvishga tushib bo'lmaydi. CHunki PFL Kubogi turniri mavsum boshlanishidan oldin har bir jamoaga tayyorgarlik bosqichidir. O'yin amaliyotni oshirish mumkin.

- Bilsangiz kerak, bu turnir ananaviy maqomiga ega bo'lsada, "Qo'qon-1912" ilk bor bu yil ishtirok etdi. SHunga qaramay yarim finalga qadar bo'lgan yo'lni bosib o'tdik. Albatta buni ijobiy baholasa bo'ladi. Yuqorida aytib o'tganimdek, muhim o'yinlar hali oldinda. Asosiysi chempionatda g'alabalarga erishish va o'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashimiz kerak.

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика