So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Tohir Kapadze: "Nasib bo'lsa, yangi mavsumni yangi stadionda boshlaymiz" Yangiliklar

Tohir Kapadze: "Nasib bo'lsa, yangi mavsumni yangi stadionda boshlaymiz"

Bugun 2015 yilgi oliy liga bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirdan so'ng "Neftchi" klubi raisi Tohir Kapadze bilan suhbatlashdik.

"Bugungi qura tashlash jarayoni barcha sport principlariga mos tarzda o'tdi. 2015 yildagi dastlabki rasmiy uchrashuvni nasib bo'lsa yangi stadionda boshlaymiz. Ilk turda oliy ligaga qaytgan "SHo'rtan"ga qarshi o'ynaymiz. Umid qilamanki, yangi stadion biz uchun omadli kelib mavsumni ijobiy kayfiyatda boshlay olamiz. Ikkinchi turda Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'lamiz. Aslida taqvimning farqi yo'q, sababi baribir barcha klub bilan o'ynashimiz kerak. SHu bois kuchli yoki kuchsiz raqib bilan qachon o'ynashning farqi yo'q", - deb gap boshladi Kapadze.

- Stadion bahorga qadar bitmay qolishi ham mumkin ekan...
- Xudo xohlasa barchasi tayyor bo'ladi. Viloyatimiz hokimi mart oyiga qadar stadion to'la tayyor bo'lishini malum qildi. Hozir stadion maydoni tayyor. Mart oyida nasib bo'lsa maysa yaxshi holatda bo'ladi. Faqatgina yoritgichlar o'rnatilishi va stadionning jihozlash ishlari qolgan xolos. Yangi o'yingohimiz 70-80 foizga tayyor.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik rejalari haqida nima deya olasiz?
- 10-27 dekabr kunlari Farg'onada, o'z qarorgohimizda yig'in o'tkazamiz. Yangi yil bayramini o'tkazib olib 3 yanvardan 13 yanvarga qadar yana Farg'onada shug'ullanamiz. SHundan so'ng 14-27 yanvar kunlari Toshkentda, fevral oyida esa Turkiyada yig'in o'tkazishni rejalashtirib turibmiz.  

- Bugunga kelib "Neftchi"ni rasman tark etgan futbolchilar bormi?
- Andrey Akopyanc, Vyacheslav Ponomaryov, Iqbol Boboxonov va Aleksandru Onika kabi futbolchilar jamoamizni tark etishdi. Asosiy etiborni mahalliy yigitlarga qaratamiz. Lekin agar yaxshi saviyadagi legioner topa olsak albatta uni jamoaga jalb etamiz.

- "Neftchi" hujumchisi Ro'zimboy Ahmedov ayni paytda Turkiyada Qozog'istonning "Qaysar" klubi yig'inida ishtirok etmoqda...

- Ro'zim Ahmedovning klubimiz bilan amaldagi shartnomasi o'z nihoyasiga etdi. SHu bois erkin agent sifatida o'zini xorijda sinab ko'rmoqchi. Agar "Qaysar"ga o'tsa albatta bundan xursand bo'lamiz.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика