So’nggi yangiliklar

14:43Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧда қайси бренд либосларидан фойдаланиши маълум  13 14:27Элит ОЧЛга қуръа ташланди: "Насаф" "Ал Иттиҳод" билан сафарда ўйнайди, "Трактор" ва "Ал Ҳилол"ни Қаршида меҳмон қилади  15 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  4 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  1 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  28 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  3 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  4 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  8 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  6 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  11 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  16 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  5

Tohir Kapadze: "Muxlislar bugun jangavor o'yinga guvoh bo'lishdi" Yangiliklar

Tohir Kapadze: "Muxlislar bugun jangavor o'yinga guvoh bo'lishdi"

Bugun Farg'onada bo'lib o'tgan "Neftchi-1" - "Qo'qon-1912" (0:0) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Tohir Kapadze o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bugun jamoangiz oliy liga vakili bo'lmish "Neftchi-1" bilan durangga erishdi. Buni qoniqarli natija desa bo'ladimi?
- Ha, qayd etilgan natijadan ko'nglim to'ldi. Lekin bilasizmi bugun g'alabaga erishishimiz ham mumkin edi. CHunki shogirdlarimda bir qator golli imkoniyatlar yuzaga keldi. Afsuski ulardan unumli foydalanishga kelganda, aniqlik etishmadi. SHunga qaramay bugun yigitlarning xarakatlaridan to'liq qoniqish xosil qildim.

- Umuman olganda uchrashuv xususida nima degan bo'lardingiz?
- Aytib o'tganimdek, bugun g'alaba qozonishimiz ham hech gap emasdi. Bu o'yin biz uchun huddi finaldek edi. Raqibimiz ancha tajribali jamoa ekanligi barchaga malum. Uning tarkibidagi o'yinchilarning deyarli barchasi etakchilardir. Ikkinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi. Umumiy olib aytganda, stadionga kelgan muxlislar jangavor kurashlarga boy bo'lgan o'yinga guvoh bo'lishdi.

- Qorli maydonda o'ynayotgan shogirdlaringiz ko'rsatmalaringizni necha foizga amalga oshirmoqda?
- Bunday qorli maydonda sifatli va jamoaviy o'yin ko'rsatish birmuncha qiyin kechadi. CHunki qorda o'ynash oson emas. To'pni nazorat qilish ham murakkab bo'ladi. Lekin shunga qaramay futbolchilarimiz imkon qadar o'zlarini ko'rsatishga urinayotgani bizni quvontirdi. SHu bois bemalol ayta olamanki yigitlarga ortiqcha etiroz yo'q. 

- A guruhi yakunlariga ko'ra "Qo'qon-1912" yarim finalga yo'l oldi. Endi jamoani 9 fevral kuni ham bitta o'yin kutib turibdi. Ammo PFL Kubogida 10 fevral kuni "Dinamo" bilan o'yin ham bor. Bu borada qanday echimni o'ylab topdinglar?
- To'g'ri aytdingiz, endi Farg'ona Hokim Kubogi-2014 musobaqasining yarim finalida yana "Neftchi" jamoasi bilan to'qnash kelamiz. Faqat bu safar "Neftchi-2" bilan o'ynaydigan bo'ldik. SHuningdek aytib o'tganingizdek, bizni oldinda PFL Kubogidagi o'yinlar ham kutib turibdi. Mazkur turnirda ishtirok etish uchun barcha tashkiliy ishlarni amalga oshirib bo'lganmiz. SHu bois endilikda asosiy etiborimizni poytaxtda o'tadigan kichik turnirga qaratamiz. Buning uchun 8 fevral kuni asosiy tarkib azolari Toshkentga yo'l oladi. 9 fevral kuni Farg'onada bo'ladigan o'yinga esa ikkinchi tarkibni va yig'inda ko'rikdan o'tayotgan yoshlarni jo'natamiz. Bu uchrashuv yangi o'yinchilarning nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib bersa ajab emas.


Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика