Tohir Kapadze: Hozircha futbolchilarni sinovdan o'tkazyapmiz
24 iyu 2013 19:00
Yangiliklar
Tohir Kapadze: Hozircha futbolchilarni sinovdan o'tkazyapmiz
Birinchi ligada o'z ishtirokini SHarq mintaqasida boshlab, oraliq tanaffusga 2-o'rinni egallab chiqib ketgan "Qo'qon-1912" ayni damda G'azalkentda yig'in o'tkazmoqda.
Jamoa ikkinchi bosqichda munosib o'yin namoyish etib, kuchlilar safiga chiqish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqchi. SHu bois bosh murabbiy Tohir Kapadze ayni paytda tarkibni mahoratli ijrochilar bilan shakllantirishga etibor qaratmoqda. Rahbariyat ham o'z navbatida jamoaning puxta tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotganini aytib o'tish kerak.
Ikkinchi bosqichga hozirlik ishlari, tarkibdagi eng so'nggi o'zgarishlar va shuningdek kelgusi rejalar xususida jamoa ustozi Tohir Veysalovich championat.asia ga eksklyuziv intervyu berdi.
- Tohir aka, jamoangizni ayni paytda G'azalkentda yig'in o'tkazayotganidan xabarimiz bor. U erdagi sharoitlar sizni qoniqtiryaptimi?
- Ha, albatta bu erda mashg'ulot o'tkazish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Xavosi ham juda zo'r joy ekan. Noliydigan joyimiz yo'q.
- Mashg'ulotlar jarayoni qanday kechmoqda?
- Bu erga dam olgani emas, ishlash uchun keldik. SHu bois kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazilmoqda. Yigitlar ham astoydil shug'ullanmoqda.
- Jamoadagi eng so'nggi o'zgarishlarni bizga sizdan boshqa hech kim aniq aytib bera olmaydi. SHu bois keldi-ketdilarni o'zingizdan bilsak degandik?
- Bemalol. Ayni paytda taniqli futbolchilardan Andrey Baklanov, Muhsin Nizomiddinov, Hurshid Uzoqboev, Ahmad Raimjonov, Nodir Qo'ziboev hamda Davlatbek Yorbekov jamoamizning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. SHuningdek farg'onalik 1994 yilda tug'ilgan bir nechta iqtidorli futbolchilarni ham mashg'ulotlarimizga jalb etdik.
- Yuqorida aytib o'tgan futbolchilarning ro'yxatini yana qaysi nomlar davom ettirishi mumkin?
- Bu futbolchilar bilan selekciya jarayonini to'xtatib qo'ymoqchi emasmiz. Ikkinchi bosqich o'yinlari 11 avgustdan start oladi. SHunday ekan biz uchun 10 avgust zayavka topshirish muddatining eng so'nggi kuni bo'ladi. Unga qadar tarkibda yana yangi nomalar paydo bo'ladi albatta.
- Jamoa qaysi futbolchilari bilan xayralashishga qaror qildi?
- Hozircha hech kim jamoamizni tark etmadi. Barcha futbolchilar yig'inga jalb etilgan. Aynan mana shu G'azalkentdagi 10 kunlik yig'inimiz mobaynida ko'pchilik o'yinchilarning taqdiriga oydinlik kiritiladi. Aniqrog'i yana bir haftadan so'ng, ayrim yigitlarga javob berishga majbur bo'lamiz. CHunki musobaqa reglamentiga ko'ra, atiga 25 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olamiz.
- Hurshid Uzoqboevni oxirgi paytlarda katta futbolda uchratmay qo'ygandik. Uning bugungi xolati sizni bosh murabbiy sifatida qoniqtirmoqdami?
- Uzoqboevni o'z vaqtida oliy liga jamoalarida o'ynaganini barchamiz juda yaxshi bilamiz. SHuningdek uning tajribasi katta ekanligini ham unutmaslik kerak. To'g'ri, Hurshid oxirgi yillarda hech qaysi jamoa safida ko'rinish bermadi. SHu bois uni yuqori sport formasida deb bo'lmaydi. Lekin himoyachining jismoniy xolatini yaxshilay olsak, o'ylaymanki ikkinchi bosqich o'yinlarida jamoamizga katta foydasi tegadi. Tajribasi asqotadi. Boz ustiga Uzoqboev qo'qonlik futbolchi hisoblanadi.
- Aleksandr Kritinin, Hurshid Uzoqboev, Muhsin Nizomiddinov - bu uchlik o'z vaqtida oliy liga bahslarida o'ynab toblangan himoyachilardir. Bundan xulosa qilib aytganda, mudofaa chizig'idan muammoni bartaraf etgan ko'rinasiz. Aytingchi, yana qaysi poziciyalarni kuchaytirishni rejangizga kiritgansiz?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, keldi-ketdilar davom etadi. Biz ko'proq hozir hujum chizig'idagi raqobatni oshirishni o'ylab turibmiz. Bu kemtikni "Neftchi"ning umidli o'yinchilari yordamida bartaraf etishni maqsad qilganmiz. Bilasiz, "Neftchi" viloyatning asosiy jamoasi hisoblanadi. Bu jamoa bilan munosabatlarimiz juda yaxshi ko'rinishda. Ayni paytda ushbu klubning transfer oynasida faollik ko'rsatayotganini guvohi bo'lmoqdamiz. SHu bois "Neftchi"ning iqtidorli o'yinchilarini ijara asosida bo'lsa ham olishni o'ylab turibmiz.
- Aynan kimlarni olishni mo'ljallayapsizlar? Nomlarni aniq ayta olasizmi?
- Bu faqat bizning istagimiz bilangina amalga oshadigan ish emas. Avvalo biz xohlagan o'yinchini jamoamizga o'tishiga "Neftchi" murabbiylari rozi bo'lsa, shundagina ularni o'z safimizga qo'shib olishimiz mumkin. Agar ixtiyor o'zimda bo'lganida, bu jamoadan Otabek Haydarov bilan Otabek Zokirovga o'xshagan iqtidorli yigitlarni olgan bo'lar edim.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar