"Tobol" Igor Sergeevni qanchaga sotib olgani malum
20 iyu 2021 22:42
Yangiliklar
"Tobol" Igor Sergeevni qanchaga sotib olgani malum
Igor Sergeev "Aktobe"dan "Tobol" klubiga qanchaga o'tgani aniq bo'ldi.
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev "Tobol" jamoasi uchun 70 ming evroga tushgan. Futbolchining shartnomasida tovon puli aynan 70 ming evro etib belgilangandi. "Aktobe" esa o'z futbolchisini bepul qo'yib yuborishni istamadi. "Tobol" jamoasi esa Konferenciyalar ligasi saralashi va mahalliy chempionatdagi kurash sabab Sergeevni ushbu summaga sotib olishga qaror qilishdi.
Eslatib o'tamiz, "Tobol" klubi hozirda Qozog'iston chempionatida birinchi o'rinda turibdi. Klub bu yil UEFA tomonidan yangi tashkil etilgan Konferenciyalar ligasi musobaqasi saralash o'yinlarida qatnashadi. Sergeevning yangi jamoasi ushbu musobaqa doirasida, 22 iyul kuni Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.
Fikrlar