Tite 2022 yilga qadar Braziliyani boshqaradi

26 iyul 2018, 08:50
Braziliya futbol konfederatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Tite bilan shartnomani uzaytirdi.

Bu haqda Konfederatsiya rasmiy sayti xabar bermoqda.  

JCH-2018 chorak finalida Belgiyaga (1:2) mag'lub bo'lgan bo'lishiga qaramay 57 yoshli mutaxassisga yana to'rt yillik shartnoma taklif etildi.U 2022 yil Qatarda o'tadigan JCH yakuniga qadar terma jamoa rulida bo'ladi.

E'tiborli tomoni u Braziliya termasi tarixida ilk marta jamoani chempionga aylantira olmagan bo'lsada, iste'foga chiqarilmagan ilk mutaxassisga aylandi.

JCH 2018 chorak finalida Belgiyaga qarshi bahsda pentakampeonlar o'z darvozalaridan ikkita gol o'tkazib yuborishdi. Bu Tite qo'l ostida terma jamoaning ilk bor bir o'yinda ikkita gol o'tkazishi bo'ldi. Umuman olganda Tite bilan terma jamoa 26 ta uchrashuv o'tkazib, ularning 20 tasida g'alabaga erishdi (4 durang, 2 mag'lubiyat).

O'xshash yangiliklar


Manba: Бразилия футбол конфедерацияси