Timur Turdiev: "Gollarni o'z xatolarimiz evaziga o'tkazib yubordik"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2021, 19:23
Pro-liganing 19-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Aral Samali" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Bugun qiyin o'yin bo'ldi. Mezbonlar "Sho'rtan" jamoasi ikki bor hisobda oldinga chiqib oldi, yigitlar harakat qilishdi va hisobni tenglashtirdik. Bugun "Sho'rtan" o'yinda ustunlik qildi deb aytmagan bo'lardim, biz standart vaziyatlarda gol o'tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlaymiz.

- Demak, fikringizdan kelib chiqsa o'yin teng kurashlar ostida o'tdi va hisob ham shunga mos bo'ldimi?

- Ha, shunday desak to'g'ri bo'ladi. Teng o'yin bo'ldi, har ikki jamoa maydonda oxirigacha kurashdi. Yakuniy hisob bugungi o'yin uchun adolatli natija bo'ldi.

- Bugun o'yin davomida ko'p asabiylashdingiz. Bu shogirdlaringizning harakatlaridan ko'nglingiz to'lmagani uchun sodir bo'lgan xolatmi?

- Ha, bugun raqib vaziyat yaratib gol urgani yo'q. Gollar o'zimizning xatolarimiz evaziga yo'q joydan urildi. Shu sabab o'yin davomida yigitlarga keskin tarzda ko'rsatmalar berdim.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia