Timur Turdiev: “Futbolchilarimizning jismoniy holatida muammo bor”
21 may 2022 22:52
Yangiliklar
Timur Turdiev: “Futbolchilarimizning jismoniy holatida muammo bor”
- Timur, bugungi uchrashuvdan keyingi fikringiz qanday?
- Avvalo “Yangier” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi kunda jismoniy holatimizda muammolar bor. Yigitlar to'liq 90 minut o'ynashga kuchimiz etmayapti. Biz ortga chekinmaymiz va keyingi bellashuvlarda ijobiy natijalar qayd etishga urinamiz. Jismoniy holatimizni yaxshilashga etibor qaratamiz.
- Siz Pro licenziyasi sababli ko'p vaqt jamoa bilan birga bo'lmadingiz...
- To'g'ri, Pro licenziyasidagi o'qishga bo'lib, jamoada ko'p vaqt bo'la olmadim. Hozir jamoaga qaytdim va etiborimni jamoaga qaratmoqchiman. Oldimizda turgan bahslarda ijobiy natija qilmoqchimiz.
- Jamoa iqtidorli futbolchisi Arislan Yusupbaevning bugungi kundagi holati haqida fikringiz qanday?
- Arislan Yusupbaev kubok doirasidagi bahslarda jarohat olgandi. Ko'rinib turibdiki, hali to'liq jarohatdan forig' bo'lmagan. Tezroq to'liq holatiga qaytsa, jamoamizga yordami tegishiga ishonchim komil.
Fikrlar