Timur Turdiev: "Futbolchilar muxlislar uchun qo'shimcha kuch topib, g'alaba golini urishdi"
19 mar 2022 21:13
Yangiliklar
Timur Turdiev: "Futbolchilar muxlislar uchun qo'shimcha kuch topib, g'alaba golini urishdi"
"Aral Samali" Pro liganing joriy mavsumidagi ilk g'alabasini bugun 3-tur doirasidagi "G'ijduvon"ga qarshi o'yinda qo'lga kiritdi.
Uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Timur Turdiev fikrlarini bildirdi.
"Mavsumdagi ilk uch ochkoni qo'lga kiritdik. Jamoalarning kuchi tengdek ko'rindi.
Birinchi bo'limda yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Ikkinchi taymda jismoniy tomondan muammolarimiz ko'rinib qoldi. Pro ligada oson o'yinning o'zi yo'q.
O'yindan 100 foiz ko'nglim to'ldi, deya olmayman. Muxlislar uchun ham futbolchilar qo'shimcha kuch topib, g'alaba to'pini kiritishdi.
Ishqibozlarga rahmat aytaman. Jamoamizga kelib qo'shilgan futbolchilarning hammasi tajribali futbolchilar. Ularning tajribasi bugun yordam berdi.
"G'ijduvon"ning hujumchisi menga yoqdi. SHunday forvardga ega bo'lganimizda jamoamiz yanada kuchayardi", – dedi Timur Turdiev.
Fikrlar