Timur Turdiev: "Andijon" bilan durang - adolatli natija"
24 apr 2021 21:17
Yangiliklar
Timur Turdiev: "Andijon" bilan durang - adolatli natija"
"O'yin yaxshi o'tdi. Natija o'yinga mos bo'ldi. "Andijon" tajribali jamoa, birgina xatoni ham kechirmaydi. SHogirdlarimga rahmat aytaman, ular qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi.
Bugun durang adolatli bo'ldi. Gol urish uchun imkoniyatlarga ega edik. Bugun bir ochko ishlab oldik desak bo'ladi.
Rasul Musaev mashg'ulotga chiqib yana jarohatini qaytalab oldi. SHifokorimiz uni oyoqqa turg'azish bo'yicha ish olib bormoqda, u Pro liga bahsiga qadar maydonga qaytsa kerak.
Azamat Allaniyazov bugungi o'yinda taktik ko'rsatmalarni bajarishga urindi. Har bir raqib bizning ikki hujumchimizga qarshi harakat qilmoqda. Azamat o'z funkciyasini 90 foizga bajardi deb o'ylayman. Allaniyazovda foydali ish koefficienti yuqori.
Birinchi bo'lim haqida nima deyishim mumkin? Baribir raqib Superliga jamoasi bo'lgani uchun qandaydir qo'rquv bo'ladi. Ikkinchi taymda esa barchasi joyiga tushdi va yaxshi harakat qildik.
Hozirgi kunda tarkibimizda bor futbolchilardan foydalanayapmiz. Zaxiramizda kuchli futbolchilar va legionerlar bo'lishini istaymiz. Nasib qilsa shunday kunlar ham keladi..
Farg'onada o'ynab kecha Nukusga etib keldik, "Andijon" esa bugun etib kelgandi", - deydi Timur Turdiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar